Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida savdo zonasi tashkil etish taklif etildi
22 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlarining qo‘shma hududlararo forumida Mang‘istau viloyati hokimi Nurdaulet Qilibay Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qator takliflar bilan chiqdi.
Nurdaulet Qilibayning aytishicha, viloyatdagi ulgurji bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari, sabzavot, meva va quritilgan mevalarning asosiy qismi O‘zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand, Nukus va Sirdaryo shaharlari dalalaridan keltiriladi. “Tojen” bojxona posti orqali kuniga 250-300 ga yaqin yuk avtomobillari o‘tadi, shundan o‘rtacha 25-30 tasi Mang‘istau viloyatiga jo‘natiladi. Bu 11 ming tonnaga yaqin mahsulot.
Delegasiyamiz tarkibida mamlakatimizdagi eng yirik ulgurji tarqatish markazlaridan biri “ORC Aktau” MCHJ asoschisi ham bor. Ayni paytda ular zarur savdo maydonchalarini taqdim etishga to‘liq tayyor va O‘zbekiston tadbirkorlaridan aniq qadamlar kutishmoqda. U yerda “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” savdo maydonchasini ochib, qishloq xo‘jaligi yarmarkalarini tashkil qilmoqchimiz, – dedi Nurdaulet Qilibay.
Shuningdek, mintaqalararo forumda Mang‘istau viloyati hokimi ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida chegaradosh hududda “Xorg‘os” savdo majmuasi namunasidagi maxsus bojsiz savdo zonasini tashkil etishni taklif qildi. Savdo-iqtisodiy zonaning ochilishi Mang‘istau viloyati va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 4 barobarga oshiradi.
Bundan tashqari, uchrashuvda turizm va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi turoperatorlari uchun, jumladan, Mangistau viloyatidagi tarixiy, madaniy va sayyohlik joylariga tashrif buyurish uchun turpaketlar allaqachon ishlab chiqilgan va 2025 yilda o‘z faoliyatini boshlashga tayyorligi qayd etildi..
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Mangistau viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beyneu va Xo‘jeyli tumanlari hokimligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.