Qozog‘iston TIV fuqarolariga Isroil va Livanga tashrif buyurishdan vaqtincha voz kechishni tavsiya qildi
Yaqin Sharqdagi vaziyat yomonlashgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston fuqarolariga ushbu mintaqadagi vaziyat barqarorlashgunga qadar Isroil va Livanga tashrif buyurishdan vaqtincha tiyilishlarini tavsiya qiladi, deb xabar beradi Qozog‘iston TIV matbuot xizmati.
- Hozirda ushbu davlatlarda bo‘lgan Qozog‘iston fuqarolaridan o‘ta zarurat bo‘lmasa uylarini tark etmasliklari, kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga rioya qilishlari, hushyor va ehtiyot bo‘lishlari, so‘nggi yangiliklarni kuzatib borishlari, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Isroil va Livandagi Qozog‘iston elchixonalari bilan aloqada bo‘lishlari so‘raladi, — deyiladi QR TIV bayonotida.
Qo‘shimcha va o‘z vaqtida ma’lumot olish uchun yuqoridagi davlatlar hududida joylashgan Qozog‘iston Respublikasi fuqarolari va ularning Qozog‘istondagi qarindoshlari uchun favqulodda aloqa liniyalari ochiq.
QR TIV telefon raqamlari
+7 7172 720111 (navbatchi diplomat)
+7 705 4433332 (uyali telefon, WhatsApp)
Qozog‘iston Respublikasining Isroildagi elchixonasining telefon raqamlari
+972 (3) 503 78 85 (navbatchi)
+972 53 635 19 83 (uyali telefon, WhatsApp)
Qozog‘iston Respublikasining Livandagi elchixonasi telefon raqamlari
+ 961 04 713 447 (navbatchi)
+ 961 70 069 977 (uyali telefon, WhatsApp)
+ 961 71 116 004 (uyali telefon, WhatsApp)