Qozog‘iston koronavirusga qarshi vaksina yaratmoqda: taxminiy muddat aytildi

Qozog‘iston koronavirusga qarshi vaksina yaratmoqda: taxminiy muddat aytildi

Qozog‘istonning Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti koronavirusga qarshi vaksina qanchada tayyor bo‘lishini aytdi. Tadqiqot institutining o‘quv markazi direktori Xayrulla Abeuovning ta’kidlashicha, bir yil muddat kerak bo‘ladi.

Vaksinani avval hayvonlarda, so‘ngra koronavirusga chalinmagan ko‘ngillilarda sinab ko‘rish rejalashtirilgan. Tadqiqotda qatnashganlarga pul to‘lanishi ham mumkin.

– Vaksinalarning rivojlanishi bir necha bosqichlardan iborat. Vaksinani birdaniga tatbiq etib bo‘lmaydi, – dedi u.

Tadqiqot institutidan tashqari, Nur-Sultondagi Milliy Biotexnologiya Markazi ham Qozog‘istonda vaksinani ishlab chiqmoqda.

Hozirgi kunda Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasining 120 holati tasdiqlangan. Bitta bemor vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!