Qozog‘iston hukumati suv toshqinidan jabrlanganlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni tasdiqladi

Qozog‘iston hukumati suv toshqinidan jabrlanganlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni tasdiqladi

Qozohiston hukumati suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholiga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish mexanizmlarini tushuntirdi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, jabrlanuvchilarga yo‘qotilgan mol-mulkning o‘rnini qoplash uchun 150 BHMgacha miqdorda qo‘shimcha yordam ko‘rsatiladi. Bunga muzlatgich, plita, stol, stul, karavot, kir yuvish mashinasi, televizor yoki radio, suv va isitish moslamalari kiradi.

Kompensasiya to‘lash to‘g‘risidagi qaror mahalliy hokimliklar huzuridagi tegishli komissiya tomonidan qabul qilinadi. Kompensasiya miqdori mulkka yetkazilgan zararning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi va 50 dan 150 BHM gacha bo‘lishi mumkin.

«Aholi o‘z mol-mulkiga yetkazilgan zararga ko‘ra tovon puli oladi: ba’zilariga 150, boshqalarga esa 50 yoki 80 BHM, va hokazolar miqdorida tovon puli berilishi mumkin. Bu qo‘shimcha yordamni suv toshqinidan jabr ko‘rgan barcha oilalarga beriladigan 100 BHM miqdoridagi bir martalik to‘lovdan ajratib ko‘rsatish zarur», - dedi Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Bauirjan Sizdiqov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!