Qozog‘iston 2015 yildan beri birinchi marta dollar obligasiyalarini chiqarishga tayyor
Moldovalik ishbilarmonlar Anatole va Gabriel Stati bilan da’voni hal qilgan Qozog‘iston 2015 yildan beri ilk bor dollar obligasiyalari bozoriga qaytmoqda, deb xabar beradi BNN Bloomberg.
Qozog‘iston hukumati obligasiyalar chiqarish uchun JPMorgan Chase & Co., Citigroup Inc. va Societé Generale SA ni jalb qilmoqchi.
Hukumat Tristan Oil egalariga 500 million dollar to‘lashdan bosh tortgach, sud jarayoni Qozog‘iston suveren aktivlaridagi 28 milliard dollar muzlatib qo‘yishga olib keldi. Nihoyat, sud jarayoni nisbatan yaqinda hal qilindi.
Qayd etish joizki, xalqaro kredit reyting agentliklari Qozog‘istonga eng yaxshi – BBB yoki BBB- reytinglarini bermagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)