Qoyil! Andijonlik ayol bir kunda yarim tonna paxta terdi

Qoyil! Andijonlik ayol bir kunda yarim tonna paxta terdi

Andijonlik terimchi ayol bir kunda yarim tonna (500 kg ) paxta terib rekord o‘rnatdi. Mazkur rekord uchun Andijon viloyat hokimiyati terimchi ayolga SPARK avtomobilini sovg‘a qildi. Bu haqda "Uz24.uz" xabar beradi.

Shuningdek, xabarda keltirilishicha, paxta terimida faol qatnashayotgan terimchilarga viloyat hokimiyati tomonidan muzlatgich, televizor kabi rag‘batlantiruvchi sovg‘alar taqdim etilmoqda.

Paxta terish uchun qancha haq to‘lanishi belgilandi

2019 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra:

  • mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;
  • qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;
  • mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!