Yurtimizdagi noyob hayvon va o‘simliklar turlarini asrab-avaylash va ko‘paytirish atrof-tabiiy muhit barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida ekologik masalalar, xususan, atrof-muhitni asrash, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga doir bir qator normalar o‘z aksini topgan. Ushbu normalar asosida qonun hujjatlarini takomillashtirish muhim masala hisoblanadi.
Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot turlarini muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ular orqali kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvon va o‘simliklar turlaridan foydalanishni taqiqlovchi va cheklovchi talablarni belgilash nazarda tutilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.
Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.
Давлат хавфсизлик хизматининг Тошкент вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан ички ишлар органлари билан ҳамкорликда синтетик гиёҳвандлик воситалари айланмасига чек қўйишга қаратилган тезкор тадбир ўтказилди.