Qiz bola tarbiyasidagi bir xato Butun jamiyatni katta xatarga qo‘yishi mumkin

Qiz bola tarbiyasidagi bir xato Butun jamiyatni katta xatarga qo‘yishi mumkin

Yillar davomida tarbiyadagi uslub va vositalar o‘zgargani, rivojlangani sayin, buning ijobiy tomonlari bilan birga, salbiy jihatlari ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ayniqsa bu qiz bolalar tarbiyasida juda xavfli va ayanchli kechishi hech gap emas.

Tenglashtirish sari 
ilk qadam

Uzoq yillar davomida milliylikdan uzoqlashib, umumiylashishi, o‘zga koliplardagi tarbiya ma’naviy buzilish, hatto tarbiyadagi parokandalik ta’lim va tarbiyani berk ko‘cha tomon burib yubordi. Milliy pedagogika «ommaviy madaniyat»ning ma’muriy markazlashgan «sovet xalqi» ta’qibida shakllandi. Zero? tarbiya insonni bolaligidan milliy odat va an’analar ruhida shakllantirish bo‘lib, uning asosida gender (jins) tarbiyasi yotadi. Usiz hech qanday tarbiya xususida gapirish mumkin emas.
Milliy gender tarbiyasi milliy qolipdan umuminsoniy qoliplarga o‘tishi tufayli qaysidir ma’noda millatning milliy qadriyatlariga darz ketayotgani sir emas. Aftidan xotin-qizlarning ijtimoiy maqomi va roli rejali ravishda uzoq yillar davomida milliy qoliplardan chiqarildi. Qizlar tarbiyasi oilaning bazaviy munosabatlarini shakllantirishi bilan milliy munosabatlarda muammoli jarayonlarga sabab bo‘ldi. Gap ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy, ayniqsa, kelin va qizlarning ota-ona, qaynota-qaynona aloqalaridagi noxush hodisalar haqidagi xabarlarning odatiy holga aylanib qolayotgani xususida bormoqda.
Ijtimoiy barkamollikda shaxsning o‘z jinsiga mosligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Qiz bolaning ijtimoiylashuvi o‘g‘il bolalarnikidan jiddiy farqlanadi. Ularning fikrlash shakli va darajasi ham o‘g‘il bolanikiga nisbatan chuqurroq va kengroq. Shu bilan birga, uning turmush tarzida nafosat markaziy o‘rinni egallaganidan fe’l-atvorida artistizmga moyillik yaqqol namoyon bo‘ladi. Axir, aholi orasida «ayol kishining makr-xiylasi qirq eshakka yuk bo‘lishi» haqidagi iboralar bejiz paydo bo‘lmagan.
Masalaning biz uchun muhim jihati zamonaviy taraqqiyotda ayolning milliy-ma’naviy qiyofasini ijtimoiy maqom ma’nosida ko‘rmoq orzusidir. Bugun O‘zbekiston ham dunyoning globallashuvi, ayniqsa, internet axborot kommunikasiya tizimi ta’sirida kirib kelayotgan «ommaviy madaniyat» xavfidan chetda emas. Xorijiy davlatlar bilan aloqalarning beqiyos kengayishi tufayli hammamiz turli g‘oyalar girdobida yashayapmiz. Jamiyatda milliy-axloqiy qadriyatlarning qadrsizlanishi, yangicha ijtimoiy munosabat va o‘zgarishlar qaror topishi shundan dalolat beradi.
Sharqona qiz tarbiyasida bolaning pokizaligi, xushmuomalaligi, kiyinishda tanasining to‘la liboslanishi, uy ishlarida mohir chevar va pazandaligi, oilaviy aloqalarda halimlik, otasi, aka-ukalariga beg‘araz saranjom-sarishtalik xizmatini ado etishi, ularning so‘z va sha’nini har qadamda his etishi, onasining yonida mehribon yordamchi sifatida uy yumushlarini toqat bilan egallashi asosiy mezonlar sanaladi.
Sho‘rolar tuzumi davrida bolalar bog‘chasidan tortib barcha sohalarda tenglashtirish siyosati natijasida o‘g‘il bolalar bilan qizlarni bog‘chada yonma-yon yotishi, partada birga o‘tirishi, marosimlarda quchoqlashib valsga tushishi «jinsiy uyg‘unlashuv»da muhim omil bo‘ldi. 

Qiz bola o‘g‘il bolalar bilan birga yashashi va o‘qishi natijasida nafosatidan jasorat tomon shakllandi. O‘g‘il bolalar esa fe’lidagi zaruriy jasoratlilikdan mosuvo bo‘lib, «go‘zal yigitcha»ga aylandi. 

Ayniqsa, turli yoshlar tashkilotlari qizlarni faollikka undovchi chaqiriqlari bilan ota-onalarining izmidan chiqarib, qiz bolani siyosiy yo‘lga soldi. Biz sun’iy asosda xotin-qizlardan turli qahramonlar yasaganimizni hech kim inkor etolmaydi.
Oxir-oqibat, qiz bola hatto tamaki va alkogol bilan ham oshno bo‘ldi. Endigina yuz ochgan g‘unchada jasorat gullab, ommaviy joylarda har xil holatda yurish, kiyinishda ovro‘pochalashuv odatiy holga aylandi. Bu davrda o‘g‘il bolalar bilan birga o‘tirish, jamoaviy hayotda tanalarini bir-biriga «tegib ketishi», keyinchalik qo‘l berib, quchoqlashib, ayniqsa, o‘pishib ko‘rishish qiz bolani nafaqat nafosat dunyosidan ayirishi, balki estetik ruhiy hissiyotida jiddiy o‘zgarishlar yasashga olib keldi.

Kuchini ko‘z-ko‘z qilayotgan kumushlar

Yaqin vaqtlargacha qizlar oilada uy ishlari, ayniqsa, oshxona malikasi hisoblanar, bichish-tikish san’atini momo va onalaridan o‘rganar edilar. Endi zamonaviy buvi va onalarimiz qizlarimizni turli o‘quv markazlarida o‘qitishi turmushga chiqishning muhim shartiga aylandi. Shu o‘rinda nafosatga jiddiy ehtiyoj tug‘ilganini qizlarning «zamonaviy oq to‘y ko‘ylaklari» bilan izohlaymiz. Eng qizig‘i, qizlarni o‘g‘il bolalardan o‘zini olib qochish, begona ko‘zlardan asrash kabi xislat o‘rniga namoyishkoronalik o‘g‘il bolalardan ko‘ra qizlarda ko‘rinmoqda. Biz to‘y kunlari nafaqat kelin, balki kuyov yigitlarni ham go‘zallik salonlariga borishi haqidagi gapni eshitib, to‘g‘risi, ishonmadik. Afsuski, bu holat tobora urfga aylanmoqda.
Yana bir mulohazamizni talabchan o‘quvchi to‘g‘ri tushunishini juda-juda xohlardik. O‘zbekistonda qizlar sportining rivojida o‘ziga xoslikni unutmaslik kerak. Yevropada ayollar sporti erkaklar sporti bilan ayqash-uyqash bo‘lib ketgani Yevropaning biznes muammolarini yechishning yangi yo‘llarini qidirishi, deb hisoblash mumkin. Bizda esa hamma narsani o‘ylamay-fikrlamay ko‘chirish milliy mentalitetdan uzoqlashtiradi. Sport­ning qizlar uchun og‘ir bo‘lgan sohalarida ishtiroki ham qiz bola milliy qiyofasida o‘zgarishlarni yasaydiki, bu milliy qadriyatlarga uyg‘un emas. Axir Kumushning qo‘l-oyoq mushaklari erkaklarnikidek, muomalasi esa «alpomishona» bo‘lishini qanday tasavvur etish mumkin?! Bu Otabekning fe’l-atvoridagi erlik fazilatlarini jiddiy sindirmaydimi?
Nobel mukofoti sohibi CH.Lombraz’e «Erkakda haqiqiy erlik fazilatlarini ayoldan boshqa kishi tarbiyalay olmaydi, ayol o‘zining unga tegishli ekani, unda o‘z himoyachi-boquvchisini ko‘rishi bilan erkakni erkak qiladi», deganda haq edi. Darhaqiqat, qiz bola uch yoshidan boshlab o‘z jinsini anglashi hamon o‘g‘il bolalar bilan munosabatini tartibga soladi. Oilada qiz tarbiyasi nozikligi, uning o‘g‘il bolalar bilan munosabatini shakllantirishga qaratilgan. Shu ma’noda, bundan qirq yil oldin ona o‘g‘lini maktabga qizlarga qo‘pollik qilma, deya kuzatgan bo‘lsa, bugun qiziga xuddi shu gapni aytadi.

«Qurollangan qo‘ylar «hujumi»

O‘zbek qizlari kunni kun, tunni tun demay yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi fidoyi mehnatlariga iqrorimizni bayon etgan holda jamiyatimiz taraqqiyotida jins tarbiyasi buzilishi ijtimoiy og‘ishga olib kelishi masalasida fikr bildirdik, xolos. Zero, jamiyatdan bir-ikki qadam oldinda yurib, ijtimoiy komilligimiz yo‘lidagi ijobiy va salbiy tomonlarni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yishi ziyolining burchidir.
G‘arbona sivilizasiya ayolga bo‘lgan munosabatdagi xatosi tufayli bugun «yo hayot, yo mamot» masalasini boshdan kechirmoqda. Ayollarning «erkaklarga hujumi» davri boshlangani tufayli mutaxassislar sud orqali nikoh va tug‘ilgan bolaga otalik huquqi va moddiy ta’minoti bilan bog‘lik muammolar girdobiga tortildi. Ayni vaqtda dunyo miqyosida  ayolning bola tarbiyasidan «sovush» holati kuzatilmoqda.
G‘arb jamiyatida feminizm harakati tufayli oila degan muqaddas makon vayron bo‘ldi. Yolg‘iz ona, tashlandiq bolalar soni, boz ustiga bir jinsli nikoh kabi jirkanch ijtimoiy kasalliklar kelib chiqmoqda. Ayolning ijtimoiy maqomi va roli o‘zgarishi tufayli erkakning erlik mentaliteti nobud bo‘ldi. Inson zotida jinsning maqomi va funksiyasi o‘zgarishi ijtimoiy halokatga olib kelishi muqarrar. Ayniqsa, qiz bolaning tarbiyasidagi bitta xato ham oilaning buzilishiga olib keladiki, uning ilk «chilgi pazi» yurtimizda namoyon bo‘lmoqda. Biz har qanday sadoqatli er o‘z oilasi, farzandlarini tashlab o‘zga ayol bilan turmush qurib yashashiga iqror bo‘lsakda, ayol bolasini tashlab o‘zga erkak bilan turmush qurishini devinatlik ko‘rsatkichi, deb hisoblaymiz. Shu o‘rinda er o‘z farzandini sotishi u yoqda tursin, ona o‘z farzandini sotishi holatini qanday izohlash mumkin?..
Respublikamiz miqyosida har yili bekor qilinayotgan nikohlarning sabablarini sosiologik o‘rganish vaqti allaqachon yetib kelgani ma’lum. Shu ma’noda sosiologiya sohasida yetarli darajada ilmiy tadqiqot va tahlillarni o‘tkazishga qodir, davlat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillarni ochib beradigan mutaxassislarga ehtiyoj borligini yuqoridagi dalillar tasdiqlaydi.
Millat milliy maqomi va taraqqiyotida qizlarning bo‘lg‘usi ona–tarbiyachi bo‘lishi bilan hal qiluvchi rol o‘ynashi bizni tashvishlantiradi. Qiz bolani nafisa, latifa, nargiza, gulnora, gulbahor, gulsevaru-gulchiroy kabi sifatlari bo‘lsa, Kumushning ruhi shod bo‘larmidi? Oila degan ko‘rg‘onning ustunlari mustahkam bo‘lib, davlatimizning barqarorligi ta’minlanardi. Xotin-qizlarning erkaklar bilan tengligi deganda jismoniy tenglikni nazarda tutmaslik, ayolni ma’naviy-axloqiy munosabatlarda fuqarolik tengligini nazarda tutish zarur. 

Qizlar ajoyib tadbirkor bo‘lib, o‘g‘illarimiz yaxshigina «uy bekasi»ga aylanib qolayotgani kabi holatlarga beetibor bo‘lmaylik, o‘zimizni ko‘rib ko‘rmaganga olmaylik!

Ba’zi holatlar shaxsning psixologiyasida, ayniqsa, ayolning ruhiyatida latifalik va lobarlikka ta’sir etishi mumkin. Biz respublika miqyosida ayol qanday hayotni xohlashi haqida sosiologik tadqiqotlarni o‘tkazmaganmiz.
Maktab ta’limida qizlar uchun haftada ikki soat «Malikalik saboqlari» alohida o‘qitilsa yaxshi bo‘lardi. O‘g‘il bolalarga esa «Temurbeklar» harbiy ta’limi erkak fazilatini shakllantirib, jiddiy ijobiy ta’sirga ega bo‘ladi. 
Bir necha ommaviy joylarda yosh singillarimizning erkaklar bilan «dahanaki jangi»ga guvoh bo‘ldik. U yerda ayb yigitda bo‘lmasa-da, shunday haqoratlarni bo‘yqizdan eshitdikki, hatto ilon bu so‘kishlardan nafaqat po‘stini, balki go‘shtini ham tashlaydi... Ayni vaqtda internet saytlaridagi videoroliklar bilan dalillashga hojat ham yo‘qdir. Ezgulik va yovuzlik ijtimoiy taraqqiyotda shakllanar ekan, qiz bola tarbiyasi bo‘lmasa millat kelajagiga soya tushadi. Barcha milliy g‘am-tashvishlarimiz gender tarbiyasidadir. Zero, buyuk olim YU.Xarari «Qurollangan qo‘ylar qurollangan bo‘rilardan xavflidir», deganda insoniyat jamiyati o‘z qonunlariga tayanishiga e’tibor qaratgan. Agar zamondoshlarimiz oila davrasida o‘zlarining maktab yoki oliygohga ketayotgan qizlari va singillariga bir bora e’tibor berib qo‘ysalar, murodimiz hosil bo‘lar edi.

Abdirashid MIRZAHMEDOV,
Namangan muxandislik-texnologiya instituti dosenti

Manba: od-press.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

Яқин кунларда оғирлиги қарийб ярим тонна бўлган совет планеталараро космик аппарати Ерга қулайдиган бўлди.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Ish haftasi rasman qisqaradi — maosh o‘zgarmaydi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

Ramzan Kadirov o‘z lavozimidan ozod etilishini so‘radi

Бу ҳақда “Чечня сегодня” хабар берди.

Navoiydagi dahshatli YTH: “Tezlik juda yuqori bo‘lgan”

“Ҳайдовчи ҳаракат қоидаларини бузиб, юқори тезликда ҳаракатланган. Оқибатда ўзидан олдинда бўлган автомашинани қувиб ўтаётганда йўл четига чиқиб кетиб, ағдарилган.

She’rlar ruxsatsiz ishlatilgan — Botir Qodirov jarima to‘laydi

Яна бир машҳур шоир хонанда Ботир Қодиров устидан Адлияга шикоят қилди, деб хабар бермоқда Интеллектуал мулк департаменти.

Parad kuni Qizil maydonda hujum bo‘ladimi?

Жаҳон етакчилари бор жойга зарба? Киев бундай таваккал қилмайди.

Qirollik dengiz floti boshlig‘i iste’foga chiqdi

Бу ҳақда Британиянинг Financial Times нашрига қироллик мудофаа вазирлиги маълум қилди.

Tramp: Kanada bizning 51-davlatimiz bo‘lishi kerak

"Биз Канада билан нима бўлишидан қатъий назар дўст бўламиз. Канаданинг мен учун алоҳида ўрни бор. "Канаданинг мудофаа харажатларини ошириш қарорини олқишлайман", - дея хулоса қилди АҚШ президенти.

Pokistonning Panjob viloyati ma’muriyati favqulodda holat e’lon qildi

Покистоннинг Панжоб вилоятида фавқулодда ҳолат эълон қилинди. Бу ҳақда минтақа ҳукумати раҳбари Бхагвант Манн баёнотига таяниб Реутерс хабар берди.

Ukraina 9 may kuni boshqa mintaqalarga zarba berishi mumkin, lekin Moskvaga emas

Муваффақиятнинг пастлиги сабабли Қизил майдонга ҳужум қилишга уриниш даргумон. "Кўриб турганингиздек, Россиянинг барча ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимлари Москвани ҳимоя қилиш учун жойлаштирилган. Уриниш бўлса ҳам, муваффақиятга эришмайди".

Buyuk Britaniya va AQSh tariflarini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga yaqin

Бу ҳақда Ҳисобот Financial Times газетаси икки давлат вакилларига таяниб хабар берди.

BMT Bosh kotibi: Dunyo Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilikka dosh berolmaydi

Бу ҳақда БМТ Бош котибининг расмий вакили Стефан Дюжаррик баёнотида айтилган.

ISPR: Hindistonning Pokistonga raketa zarbalari natijasida sakkiz nafar tinch aholi, jumladan 3 yoshli qiz halok bo‘ldi

Бу ҳақда ИСПР бош директори Аҳмад Шариф Чаудри Pakistan Daily газетасига таяниб маълум қилди.

Chexiyada Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli xazina topildi

Чехия ўрмонида олтин тангалар, заргарлик буюмлари ва бошқа буюмларнинг катта коллекцияси топилди дея хабар бермоқда “Fox News”.

O‘zbekistonda noqonuniy quduq qaziganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Бундан жисмоний шахсларнинг ўз эҳтиёжлари, шу жумладан, томорқа ер участкаларини суғориш учун сувдан умумий фойдаланиши мустасно.

Hindiston havo kuchlari tungi zarbada to‘rtta masjidga hujum qildi

Бу ҳақда Покистон армияси матбуот хизмати вазифасини бажарувчи Хизматлараро жамоатчилик билан алоқалар (ИСПР) бош директори генерал-лейтенант Аҳмад Шариф Чаудри маълум қилди, дея хабар беради Pakistan Daily нашри.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan Pokistonlik hamkasbi Muhammad Ishoq Dar bilan telefon orqali suhbatlashdi

Суҳбат Покистон ва Ҳиндистон ўртасидаги сўнгги воқеаларга бағишланган.

Fransiya Yevropa tarixidagi eng yirik harbiy kema - yangi PANG yadroviy samolyot tashuvchi kemasini qurishga tayyorlanmoqda

2038-йилга келиб Франция ҳарбий-денгиз кучлари иккита ядро реакторига эга ва сиғими 78 минг тонна бўлган самолёт ташувчи кемани олишни режалаштирмоқда. Самолёт ташувчининг узунлиги 310 м, кенглиги 85 м бўлади. Унинг ҳаво гуруҳи ҳар хил турдаги 40 дан ортиқ самолётлардан иборат бўлади. Ҳаво мудофааси ва яқин мудофаа тизимлари, шу жумладан лазер тизимлари.

Moskva–Tailand samolyoti O‘zbekistondan qaytib ketdi

Москвадан Пхукет (Таиланд)га учган самолёт Ўзбекистон осмонига келиб ортига қайтди.

Litva va Latviya Vuchich samolyotiga osmonni yopdi — G‘alaba kuniga Moskvaga yo‘l to‘sildi

"Вечерне Новости" газетаси хабар беришича, Литва ва Латвия Вучичнинг Ғалаба кунини нишонлаш учун Москвага йўл олган самолётига ўз ҳудудлари устидан учиб ўтишни тақиқлади.

Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketida BAA, Vyetnam, Turkiya, Serbiya va O‘zbekiston kompaniyalari nishonga olingan

Financial Times маълумотларига кўра, булар Россияга чекловларни четлаб ўтишга ёрдам бераётган 20 та фирмадан иборат.

Qodirov o‘zini lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi so‘zlarini tushuntirdi

У "кўпчилик унинг баёнотининг маъносини тушунмаган"лигини айтди

Putin Yaponiyaning taslim bo‘lishini nishonlashga boradi

Россия президенти Владимир Путин ёз охири - куз бошида Хитойга ташриф буюради. Россия раҳбари Иккинчи жаҳон урушидаги ғалабанинг юбилейига бағишланган тадбирларда қатнашади.

Armaniston qo‘shinlari Qizil maydonda paydo bo‘ladimi?

Россия Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Мария Захарова Пашинян Ғалаба кунини нишонлашга таклиф этилганини маълум қилди.

Vengriya YEI rejasiga qarshi: “Rossiya gazidan voz kechish — suverenitetga tahdid

Венгрия Россия газини ҳимоя қилмоқда.

Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi

Президент фармонига ko’ra, 2025/2026-ўқув йилидан бошлаб таълимнинг сиртқи шаклига қабул тугатилди.

Деновда руҳий хасталикка чалинган аёл ёш болани пичоқлаб ўлдирди

Бош прокуратура матбуот котиби Ҳаёт Шамсутдиновнинг маълум қилишича, қизча вафот этган.

Тошкентда икки автомобилда ёнғин содир бўлди

Ҳозирда ёнғин келиб чиқиш сабаблари ва етказилган моддий зарар миқдори бўйича суриштирув ишлари олиб борилмоқда.

Фарғонада Nexia-3 ва Tico тўқнашди ва ҳайдовчи вафот этди

2000 йилда туғилган ҳайдовчи Nexia-3 машинасини бошқариб кетаётиб, қувиб ўтиш қоидасини бузиб, қарама-қарши йўналишга чиқиб ҳаракатланган.

Ла Лига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди

Маълумотларга кўра, "Райо Вальекано" машғулот базасида спорт кийимлари, жумладан, ўйинчиларнинг кўплаб бутсалари ўғирлангани туфайли биринчи жамоа машғулотлари тўхтатилган.

Навоийдаги даҳшатли ЙТҲ: “Тезлик жуда юқори бўлган”

“Ҳайдовчи ҳаракат қоидаларини бузиб, юқори тезликда ҳаракатланган. Оқибатда ўзидан олдинда бўлган автомашинани қувиб ўтаётганда йўл четига чиқиб кетиб, ағдарилган.

Рэпер Р.Diddy иши юзасидан суд жараёни бошланади

Агар суд уни айбдор деб топса, рэпер умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилиниши мумкин.

Хьюстонда отишма: 15 киши яраланди, 1 нафари вафот этди

Оқибатда 16 ёшдан 40 ёшгача бўлган 15 киши ўқ жароҳатлари билан шифохоналарга етказилган.

Ҳиндистон сув ости миналарини синовдан ўтказмоқда

Ҳиндистон мудофаа вазири Ражнат Сингх синовларни шарҳлар экан, мина “Ҳиндистон денгиз флотининг сув ости жанговар имкониятларини янада оширишини” таъкидлади.

Тошкент шаҳри ва Тошкент вилоятида қалбаки дори ишлаб чиқариш ва савдоси билан шуғулланган яширин цех фаолиятига чек қўйилди

Ашёвий далил сифатида олинган мазкур дори воситалари ва асбоб ускуналарнинг умумий қиймати қарийб 10 млрд сўмни ташкил қилади.

Покистоннинг нечта атом бомбаси бор?

Россиянинг «Известия» нашри Покистоннинг ядровий салоҳиятини баҳолади.

Москвага йўл олган камида ўнта самолёт бошқа шаҳарларга қўнди

Бу ҳақда “ТАСС”ГА Москва аэропортлари ахборот хизматлари маълум қилди .

Чапақайлар кўпроқ миллиардерга айланишини тадқиқотлар кўрсатмоқда

Дунёдаги энг йирик 500 та компания раҳбарлари орасида чап қўлликлар сезиларли даражада устунликка эга.

Европа давлатларидан бири Россия билан урушга тайёрлана бошлади

Британия Россия билан уруш ҳолатида янгиланган ҳаракат режасини ишлаб чиқишга киришди. Бу ҳақда Telegraph газетаси хабар бермоқда .

Яманнинг Ходейда порти Исроил ҳужумлари туфайли тўхтатилди

“Репорт ” “ТАСС”ГА таяниб , бу ҳақда “Ансор Аллоҳ” ҳаракатидан ҳутийлар назорати остидаги Ал-Худейда вилоятидаги манба маълум қилди.

Ямандаги цемент заводи портлаши оқибатида 42 киши жароҳат олди

Бу ҳақда “Репорт” телеканали хабар берди.

Испанияда электр қуввати узилиши Франция ядро реакторининг ёпилишига олиб келди

Бу ҳақда Франциянинг РТЕ электр тармоқлари оператори хабар берди.

Европа ва Киев режими Ғалабанинг 80 йиллиги тантаналарига "соя солмоқчи"

Россия Ташқи разведка хизмати таъкидлашига кўра, 9 май куни Киев Европа давлатлари раҳбарларини “муқобил тадбир”га таклиф қилган. У ерга таклиф қилинган давлатлар таркиби Улуғ Ватан урушида мағлубиятга учраган Гитлернинг СССРга қарши коалицияси давлатларига тўлиқ мос келади.

Исроил кечадан бери Ғазо секторидаги зарбалари кескин оширди

Ал Жазеера телеканалининг хабар беришича, бугун тонг саҳардан бери Исроилнинг Ғазода давом этаётган ҳаво ҳужумларида 41 киши ҳалок бўлган.

ChatGPT бази одамларни бутун ҳаётини бузишга ҳаракат қилмоқда

Баъзилар бот билан ҳаддан ташқари гаплашиб, унинг жавобларида илиқлик ва севги "белгилар" кўришни бошлайдилар.

Андижондаги "Канада режаси" иш бермади

Андижон вилоятида Канада давлатига ишга юборишни ваъда қилган фирибгар ушланди.