Qishning g‘amini yozda yeyish kerak!

Qishning g‘amini yozda yeyish kerak!

Mamalakatimizda energetika sohasida islohotlari davom etmoqda va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish va kengaytirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Ma’lumki, bugungi Energetika tuzilmalarining o‘nlab yillar oldin qurilgan va o‘nlab yillar ta’mirlanmagan infratuzilma eskirib ketgan, buning barini epaqaga keltirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarni amalga oshirish, quyosh panellari ishlab chiqarishni moliyalashtirish, gidroelektr stansiya qurilishini uchun esa o‘ziga yarasha mablag‘ kerak.

Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan energiya uchun to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab kelinadi, ya’ni to‘lov intizomi olti yillar oldingiga nisbatan tubdan o‘zgarganligini e’tirof etish lozim. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, energiya yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmasdan, iste’mol qilgan energiyasining pullarini o‘z vaqtida to‘lamaydiganlar ham talaygina.
Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molidan bo‘lgan qarzdorliklarni undirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida mazkur toifadagi ijro hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida olib borilgan ijro harakatlari davomida 4 164 ta ijro hujjati tamomlanib, 72 mlrd. so‘m miqdordagi qarzdorlik undirilgan.

Jumladan, Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining 01.06.2023 yildagi «NGJ» fermer xo‘jaligidan «Jizzax hududiy tarmoqlari korxonasi» AK foydasiga 17 million qarz undirish bo‘yicha ijro varaqasi Byuroning Zarbdor tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Ijro harakatlari natijasida qarzdordan mavjud qarzdorlik to‘liq undirildi.
Ushbu undirilgan pullar kelgusida mamlakatimiz energetika tuzilmalarini modernizasiya qilinidshida xizmat qilai.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!