Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etiladi
“2026 yil Milan va Kortina-d’Ampesso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-303-son, 01.07.2022 y.) qabul qilindi.
✅ Qaror bilan 2026 yil Milan va Kortina-d’Ampesso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash dasturi, tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti tasdiqlandi.
🔰 Dastur doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida zamonaviy muz saroyi;
🔹Toshkent viloyatida qishki sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari uchun 60 o‘ringa mo‘ljallangan Olimpiya tayyorgarlik markazi;
🔹Toshkent shahrida Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi.
💰2023 yildan har yili qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari (respublika sport musobaqalari, xalqaro sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari) uchun 15 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
📌 Qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari qonunchilikda ko‘rsatilgan miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
🔘 Shuningdek, quyidagi hududlar tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi:
➖Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri – figurali uchish, xokkey, short-trek, kyorling, paraxokkey, parakyorling sport turlariga;
➖Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li hududlari – tog‘ chang‘isi, snoubord, fristayl, ski-alpinizm, paratog‘ chang‘isi, parasnoubordga.