Qirq ming mo‘g‘ulni Islomga kirishiga sababchi bo‘lgan xosiyatli it

Qirq ming mo‘g‘ulni Islomga kirishiga sababchi bo‘lgan xosiyatli it

Nasroniylar mo‘g‘ul qabilalariga ularni nasroniy diniga kiritish uchun da’vatchilarini yuborar edilar. Zolim Xulokuxon o‘zining nasroniy xotini Zafarxotun sababli ularga da’vat yo‘lini ochib berar edi. Bir kuni mo‘g‘ullarning amirlaridan biri nasroniylikni qabul qilgani sababli uyushtirilgan katta tantanaga nasroniylarning boshliqlaridan bir jamoasi tashrif buyurdi.

Nasroniy da’vatchilardan biri Nabiy sollallohu alayhi vasallam haqlarida yomon so‘zlarni gapira boshladi. O‘sha yerda bir ov iti bog‘lanib turardi. Nasroniy da’vatchining so‘zlarini tinglarkan, it qattiq bezovtalanib, vovullay boshladi. So‘ngra nasroniyga tashlanib, uni qattiq tirnab tashladi. Qiyinchilik bilan uni qutqarib olishdi. Shu yerda hozir bo‘lganlardan biri:

– “Itning bunday qilishi musulmonlar payg‘ambari haqida aytgan gaping uchun bo‘ldi”,- dedi. Nasroniy:

– “Yo‘q, bu it qaysar it ekan. Qo‘lim bilan ishora qilayotganimni ko‘rib, meni uradi deb o‘yladi va shuning uchun menga tashlandi”,- dedi.Itni yana bog‘lab qo‘yishdi.

So‘ngra nasroniy yana Nabiy sollallohu alayhi vasallam haqidagi haqorat gaplarini boshlagan edi, it bog‘langan arqonini tishlari bilan  uzib, nasroniyning bo‘yniga tashlandi va u badbaxtning kekirdagini uzib tashladi. Shu ondayoq nasroniy jon taslim qildi.

Ushbu ibratli hodisa sabab, qirq mingta mo‘g‘ul Islom dinini qabul qilishdi.

Bu voqeani Alloma ibn Hajar Asqaloniy “Ad-Durarul kamina” nomli kitobida keltirgan.

Qudratulloh Sidiqmetov,

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!