Qirg‘izistonda katta tosh ko‘chkisi sodir bo‘ldi (video)

Qirg‘izistonda katta tosh ko‘chkisi sodir bo‘ldi (video)

Qirg‘izistonning Norin viloyatidagi Diykan - Kara-Keche avtomagistralida ulkan ko‘chki sodir bo‘ldi. Bu haqda Akipress xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘chki Qirg‘izistondagi eng yirik ko‘mir konlaridan biriga olib boruvchi avtomagistralga tushgan. Qirg‘iziston Transport va yo‘llar vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tushgan massaning umumiy hajmi 800-900 ming kubometrni tashkil etdi. U darani to‘ldirib, daryo bo‘yini to‘sib qo‘ydi, elektr uzatish tarmoqlarini qulatdi.

Guvohlar ko‘chkining tushishini videoga olishdi. Kadrlarda lavhalar qanday qilib ulkan toshni yo‘q qilayotgani ko‘rsatilgan.

24kg.kz o‘z navbatida, mamlakat bosh vaziri Kubatbek Boronov tegishli davlat organlariga ko‘chki oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni tezkor ravishda olib borishni topshirgani haqida xabar beradi.

Jumgal tumani fuqaro muhofazasi komissiyasining qarori bilan to‘silgan yo‘l vaqtincha yopildi. Uchastkaning o‘zi to‘silgan.

Tabiiy ofatdan hech kim jabr ko‘rmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!