Qirg‘iziston "Soros" jamg‘armasining respublikadagi faoliyatini to‘xtatdi

Qirg‘iziston "Soros" jamg‘armasining respublikadagi faoliyatini to‘xtatdi

"Soros" xalqaro jamg‘armasining butun Markaziy Osiyo bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiruvchi "Soros-Qirg‘iziston" jamg‘armasi xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi munosabati bilan respublikadagi faoliyatini to‘xtatmoqda.

“Jamg‘arma Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan boshqariladi, biroq xorijdan mablag‘ oladi, bu esa uni muqarrar ravishda yangi qonunchilik cheklovlariga duchor qiladi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

Jamg‘arma 30 yillik faoliyati davomida Qirg‘izistondagi turli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 115 million dollar ajratgani ta’kidlandi.

2023 yil oktyabr oyida Qirg‘iziston huquq-tartibot qo‘mitasi “Notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritishni ma’qulladi. Bir qator huquq himoyachilari qonun loyihasini Rossiyaning xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonunining o‘xshashi deb atadi. Aqsh davlat kotibi Entoni Blinken esa Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga maktub yo‘llab, hujjat qabul qilinsa, nohukumat tashkilotlarni fuqarolik va jinoiy jazoga tortilishidan xavotir bildirdi.

O‘z navbatida, Japarov Blinkenga: "Ichki ishlarimizga aralashmang", deya javob qaytardi.

Yuqoridagi qonun 2 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Japarov tomonidan imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!