Qirg‘iziston prezidenti Turkiyaga hamdardlik bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti Turkiyaga hamdardlik bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyati matbuot xizmati ma’lum qildi.

"6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida odamlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan oldim. Butun qirg‘iz xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, — deyiladi hamdardlik maktubida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!