Qirg‘iziston G‘azodagi genosidni to‘xtatishga chaqirdi

Qirg‘iziston G‘azodagi genosidni to‘xtatishga chaqirdi

Qirg‘iziston AQSh va xalqaro tashkilotlarni G‘azodagi genosidni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Qirg‘iziston vazirlar kabineti raisi o‘rinbosari Edil Baysalov Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan ochilgan fotoko‘rgazmada ma’lum qildi, deb xabar beradi Sinhua.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo davlatlari G‘azo aholisining nohaq o‘ldirilishini olti oydan beri kuzatmoqda.

“13 ming bola halok bo‘ldi. BMTning 165 nafar xodimi halok bo‘ldi. 95 jurnalist halok bo‘ldi. Ko‘pchilik qasddan o‘ldirilgan. Bularning barchasi hujjatda qayd etilgan. 2024 yilda biz genosidni jonli efir orqali tomosha qilayapmiz. Efirda biz ikki million falastinlikning ochlikdan azob chekayotganini va dunyoning harakatsizligini kuzatmoqdamiz”, - dedi E. Baysalov.

U Qirg‘iziston terrorizmni qoralashini ta’kidladi. Oktyabr oyida u Isroilning tinch aholiga hujumini ham qoralagan edi.

“Biz Isroil xalqining o‘zini himoya qilish huquqini tan olamiz. Biroq, yahudiy hukumati o‘zini xalqaro yoki BMT qonunlaridan ustun qo‘yishga haqqi yo‘q. Qirg‘iziston xalqaro tashkilotlarni, jumladan, Isroilning bosh homiysi AQShni bu aqlsizlik va genosidni to‘xtatishga chaqiradi”, — dedi qirg‘iz rasmiysi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!