Qirg‘iziston 650 ming dollarga havo sifatini o‘lchash uchun uskunalar sotib olmoqchi

Qirg‘iziston 650 ming dollarga havo sifatini o‘lchash uchun uskunalar sotib olmoqchi

Xalqaro taraqqiyot assosiasiyasi Qirg‘izistonda havo sifatini yaxshilash uchun 50 million dollar kredit ajratmoqchi. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Tegishli loyiha poytaxtda havo ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha bir qator texnik chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi, masalan, toza va energiya tejamkor uy-joylarni isitish texnologiyalariga o‘tish, maqsadli hududlarda ko‘kalamzorlashtirishni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Loyiha doirasida Bishkekda atmosfera havosi ifloslanishini tahlil qiluvchi zamonaviy laboratoriya qurilishi moliyalashtiriladi. 650 ming dollarlik chiqindilarni monitoring qilish va tahlil qilish uchun asbob-uskunalar va mobil laboratoriyalar xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.

Deputat Maqsatbek Sarbag‘ishev bu pullarni poytaxtni gazlashtirishga sarflashni taklif qildi.

“Internetda biz iflos shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turganimiz haqida ma’lumotlar bor. Bu pulni gazlashtirish uchun bering. Siz Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoki boshqa idoralar yordami bilan kreditni hisobdan chiqarishingiz mumkin degan shubha bor”, — dedi deputat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!