Qat’iy narxi 87 ming 500 so‘m bo‘lgan 1 qop unga 40 ming so‘mni kim "mindirayapti"?

A A A
Qat’iy narxi 87 ming 500 so‘m bo‘lgan 1 qop unga 40 ming so‘mni kim "mindirayapti"?

Narxning yuqorilashi kishilarni turfa imkoniyatlarni ishga solishga undaydi: marshrutka qimmatlashsa avtobusga, go‘sht qimmatlashsa, baliq yoki tovuqqa, novvot narxi oshsa shakarga o‘tiladi. Xullas, cho‘ntak ko‘taradigan yo‘ldan boriladi. Bordiyu non va unning narxi ko‘tarilsa-chi? Ular o‘rnini bosadigan muqobili bormi? Deylik, bir necha oy ilgari 70-80 ming so‘m atrofida bo‘lgan bir qop un birdaniga "sakrab", 120-130 ming so‘mdan sotila boshlansa, qaysi yo‘lni tutgan afzalroq? Uning o‘rnini nima bosa oladi? Bu savolga javob bitta: hech narsa bosolmaydi.

Boshqa muqobili yo‘q ekan, o‘z-o‘zidan ayonki, bunday mahsulotlar arzon va sifatli bo‘lishi kerak. Biroq bugun viloyatda mutlaqo teskarisi: unning narxi qimmat, nisbatan arzonroqlari esa sifatsiz, qozoq uni qo‘shmasa, tandir nonni ushlamaydi, manti, somsayu pishiriqqa-ku mutlaqo ishlatib bo‘lmaydi.

Xo‘sh, buning sabablari nimada? Un narxi nega keskin oshdi o‘zi?
Aholining aksar qismi gaz, elektr, suv kabi kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilganiga hamohang un narxidagi o‘zgarishga ham tabiiy ravishda ko‘n(ik)ayotgan bo‘lsa, un sotuvchilar mahsulot narxi erkinlashtirilgani qimmatchilikka sabab bo‘layotgani, qo‘shni davlatdan un kelmayotganini ro‘kach qilishayotir.

Bu gaplar qanchalik asosli, quyida shu haqda so‘z yuritamiz.

Ma’lumki, shu yilning sentyabrigacha 1 kilogramm bug‘doy uni 935 so‘m edi. Shunga ko‘ra, 50 kilolik 1 qop unning ulgurji bahosi 46 ming 750 so‘mga teng bo‘lardi. Biroq o‘shanda ham qopi 50-60 ming so‘mlik unni topib bo‘lmasdi. Sababi, aholi ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan arzon un qing‘ir yo‘llar bilan faqat olg‘ir "tadbirkor"lar tegirmonini yurgizar, ular esa unning haqiqiy egalari - ehtiyojmandlarga mahsulot ustiga ikki baravar baho qo‘yib, pullashardi. G‘alati, g‘irrom vaziyat yuzaga kelgandi.

Qolaversa, aytishlaricha, har qopi 46 ming so‘mlik bu arzon un don ishlab chiqaruvchi korxonalar zarar bilan ishlashiga, davlat byudjetidan milliardlab mablag‘ sarflanishiga ham sabab bo‘lgan ekan.

Shu kabi omillar hisobga olinib, six ham, kabob ham kuymaydigan qarorga kelindi: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 sentyabrdagi "Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan 1 kilogramm 1-navli bug‘doy unini ulgurji sotish narxi 1400 so‘m etib belgilandi.

Ko‘rinib turibdiki, qaror talabidan kelib chiqsak, bugungi kunda 50 kilo hajmdagi bir qop unning ulgurji bahosi 70 ming so‘m bo‘ladi. Yana bir qat’iy talabga ko‘ra, qo‘ldan-qo‘ldan o‘tib, chakana sotilganda ham mahsulotning 1 kilogrammi 1750 so‘mdan, 50 kilolik qopdagisi esa 87 ming 500 so‘mdan oshmasligi shart.

Unga yangi narx belgilanarkan, Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi mutasaddilari 1 qop 50 kilolik 1-nav un avval chayqovchilar tomonidan 85 ming so‘m atrofida sotilgani, amaldagi o‘zgarishdan keyin har qop unga ko‘pi bilan 2 ming 500, kilosiga 50 so‘mdan "minishi"ni ma’lum qilishgan, yangi tartib natijasida donni qayta ishlovchi korxonalar uchun tom ma’noda bozor mexanizmlari ta’minlanishi, davlat byudjetidan aholini arzon un bilan ta’minlash uchun sarflanayotgan va aslida ayrim ustomon "tadbirkor"lar "biznes"ini avj oldirgan milliardlab mablag‘ havoga sovurilmasligi, chunki unning ulgurji va chakana narxlari o‘rtasidagi farq katta emasligini ma’lum qilishgandi.

Afsuski, ular aytganidek bo‘lmadi. Mahsulotning davlat belgilagan narxi bilan qo‘ldagi bahosi o‘rtasida keskin farq hali-hanuz saqlanib turibdi. Bu orada esa mahalliy unning maqbullashtirilgan bahosi ortidan qozoq uni yo‘q joydan 190 ming so‘mgacha ko‘tarilib ketdi.

To‘g‘ri, mahallalarda 87 ming so‘mlik un ro‘yxat bo‘yicha tarqatilayapti, ammo bu aholi ehtiyojini to‘la-to‘kis qondira olmayaptiki, biror marta arzon un olmagan kishilar haqli tarzda e’tiroz bildirishmoqda. Aholi to‘liq qamrab olinmayotganini birgina Qarshi shahrining o‘nlab nuqtalaridagi "un bozor"larida gullayotgan savdo misolida ko‘rsa bo‘ladi.

Misol uchun, "Umida" choyxonasi tomondagi, Qarshi shahar 2-sonli ichki ishlar bo‘limi ro‘parasidagi shoxobchada bir qop un 125 ming so‘mdan sotilayapti. "Qoraqalpoqniki, sifati yaxshi", deydi sotuvchi. Sifatini bilmadigu, biroq narxi uncha-muncha odamni "chaqishi" tayin. Go‘yo nima xayol qilayotganingizni uqqanday:

- Mana, Toshkent unidan 25 kiloligini oling, 70 ming so‘m, - gapida davom etadi u.

Demak, buning 50 kilosi oz emas, naq 140 ming so‘mga tushadi. Qozoq uni bilan deyarli baravar. Qozoq uni esa 130 mingdan boshlanib, 160 ming so‘mgacha. Nega qimmatligini so‘rasangiz, "Bizning qo‘limizda emas-ku, men bor-yo‘g‘i 500 so‘m qo‘yaman", deydi sotuvchi.

Avtomobil transporti agentligi viloyat boshqarmasi yonidagi shoxobchada esa mahalliy "Dunyo" unini 125, "Qashqadaryodonmahsulot" AJ yorlig‘i yopishtirilgan "zagotzerno" deganini 130, qozoq unini esa 160-170 ming so‘mgacha olasiz. E’tiroz bildirsangiz, evaziga "Haliyam bizda arzon, ana, "gez" tomonga boring, 200 minggacha sotishayapti", degan javobni berishadi.

"Gez" deganlari Qarshi shahrining Nasaf ko‘chasidan "eski bozor" tomon boradigan manzil bo‘lib, darhaqiqat, bu yerdagi "un bozori"da ish ancha qizg‘in. "Eng arzon va sifatli unlar faqat bizda" deya, reklama raqobati qoidalari buzilgan kattagina e’lon "qo‘r" to‘kib turganiga qaramay, bu yerdagi narxlar boshqa joylardan deyarli farq qilmaydi. Buxoro unini 128 mingga, qozoq unini shundan anchagina qimmat bahoda xarid qilish mumkin.

- Qozog‘istondan vagon kirmayapti, shuning uchun un narxi qimmatlashdi, - deydi oilaviy tadbirkor Abdulahad Begmatov. - Lekin yangi yildan keyin tushib qoladi. "Sovmestniy" unni 127 mingdan sotayapmiz, bug‘doyi qozoqniki, tegirmon Toshkentniki, buyam yomonmas. To‘g‘ri, soliqdan kelib "Unni 87 ming 500 so‘mdan sotamiz" deb xat yozdirib ketishdi, lekin "Dunyo" uni kelayotgani yo‘q, bo‘lsa, sotaveramiz.

Qiziq, qo‘shni davlatdan vagon kirmayotgan bo‘lsa, buning mahalliy un bahosiga qanday daxli bor? Ko‘tarilsa, faqat qozoqniki ko‘tarilishi kerak emasmi? Yana bir tomoni, vagon "kelmay", birgina viloyatni shuncha qozoq uni bosib ketgan ekan, agar kelsa, qancha bo‘lardi?!

Aslida narx maqbullashtirilganini ayrim olib-sotarlar unni qimmat qilish uchun bahona o‘rnida ishlatmayaptimi? Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: agar, "Dunyo" uni bo‘lganida 87 mingdan sotisharmidi? Biror shoxobcha yo‘qki, unda mahalliy un 115 ming so‘mdan arzonroq bo‘lsa.

Ana shundayini - 115 ming so‘mlik, Jomboydan keltirilgan nisbatan arzon unni "Erqo‘rg‘on" bozorida topasiz.

- Lekin sifati yaxshimas, to‘g‘risini aytish kerak-da, - deya ogohlantirishni ham unutmaydi sotuvchi. - O‘rniga "Dunyo"dan oling, 123 ming.

- Har kuni 50 qop atrofida un o‘tkazaman, - deydi yakka tartibdagi tadbirkor Bahodir Elmurodov. - Har qopiga, mahalliy un bo‘ladimi, qozoqnikimi, 3 ming so‘mdan qo‘yamiz. Jomboynikini 112 dan olib, 115 dan, "Dunyo"ni 120 dan olib, 123 dan sotamiz, 3 oy oldin 85 dan edi. Soliq bor, 3 million so‘m ijara to‘laymiz. Uncha ko‘p ham qolmaydi.

Xo‘sh, chindan ham tadbirkorga ko‘p qolmaydimi? Shu bo‘yicha bir hisob-kitob qilib ko‘rsak. Sentyabrdan un narxi o‘zgarib, 1 kilogramm 1-navli bug‘doy unining ulgurji sotish narxi 1400 so‘m etib belgilangan bo‘lsa, 50 kilolik 1 qop un 70 ming so‘m bo‘ladi. Sotuvchi ham foyda ko‘rishi kerakligi hisobga olinib, 17 ming 500 so‘mgacha ustiga qo‘yib sotishga ruxsat berilgan. Agar u bir kunda 50 qop un o‘tkazgan taqdirda ham shuning o‘zidan qoladigan foyda 875 ming so‘m bo‘ladi. Bir kunga yomon emas, to‘g‘rimi?

Ammo un sotuvchilar bunga ham qanoat qilmay, shu pulning ustiga qo‘shimcha yana 40 ming so‘mdan "mindirib" olishgan va shuning o‘ziyoq har qop undan 50-60 mingdan "tug‘ayapti". 50 qopdan qoladigani esa 3 million so‘mning nari-berisida! Yana bir kunda!

Tadbirkor ijaraga to‘layman degan 3 million so‘m bir qarashda vahimali tuyuladi, ammo u bir oyda topishi mumkin bo‘lgan 80-90 million so‘m pul ham hazilakam emas.

To‘g‘ri, hech kim zarariga ishlamaydi, biroq foyda halol, qonuniy yo‘l bilan olinganiga nima yetsin?!

O‘rganishlarimiz viloyatning barcha hududida un narxi bir xilda ekanini ko‘rsatmoqda. Misol uchun, Qarshi tumanida "Dunyo" uni 128-130 ming so‘m atrofida bo‘lsa, Mirishkorda, xususan, tuman markazidagi "Shohrux", "Marjona" savdo majmualarida 125-135 ming so‘m oralig‘ida pullanayapti, qozoq uni esa 160 dan 190 minggacha. Xullas, hamma joyda “xo‘roz” bir xil qichqirayapti. Mazkur jarayonni nazorat qilishi kerak bo‘lgan idoralar esa negadir jim, go‘yo mahallalarga olib borib tarqatilayotgan 87 ming so‘mlik un hammaga yetib ortayaptiyu, birovning unga      tanqisligi yo‘q.

"Dunyo-M" aksiyadorlik jamiyati mas’ullari 10 tumanda chakana ko‘chma savdo do‘konlari tashkil qilingani, viloyat va tuman dislokasiyasiga asosan chekka hududlargacha 87 ming 500 so‘mdan un sotilayotgani, hokimiyat belgilab bergan taqsimotdan bir kiloyam ortiqcha sotishga haqlari yo‘qligini ma’lum qilishdi.

Agar mutasaddining aytganlari to‘g‘ri bo‘lsa, unda "un bozor"lariga "Dunyo" unlari qay tariqa borib qolayapti? Demak, unni arzoniga olgan non ishlab chiqaruvchi bozorga olib chiqib, qimmatiga sotayapti, yo jamiyatdagilarning o‘zlari bozorga chiqarayapti. Nima bo‘lganda ham eng ko‘p yutqazayotgan - iste’molchi, chunki u eski shakldagi "o‘yin"larni, yangi ko‘rinishdagi g‘irromlikni deb 30-40 ming so‘m ortiqcha xarajat qilishga majbur bo‘layapti.

Vaholanki Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 sentyabrdagi yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan Davlat soliq qo‘mitasi hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi supermarketlar, yirik savdo markazlari, bozorlar va shoxobchalarda mahalliy 1-navli unning chakana narxlari asossiz shakllanishining oldini olish choralarini ko‘rishi kerak. O‘z navbatida Davlat raqobat qo‘mitasi ham ushbu jarayonda tomoshabin bo‘lib turmasligi darkor. Ular o‘z vazifalarini qay darajada uddalashayotganini surishtirib o‘tirishga hojat yo‘q: ko‘chadagi narx hammasini aytib turibdi.

Un narxining asossiz ko‘tarilganiga ham aynan shu - nazoratning yo‘qligi asosiy sabab. Bu sababning oqibatini aslida bir yarim ming so‘mlik non 2 ming so‘m bo‘lib dasturxonimizga kirayotganidagina his qilayapmiz. Ammo tokaygacha bu xo‘jasizlikka jim qarab turib bo‘ladi? Shunchaki xat yozdirgan,  shikoyatlar bo‘lsa, ishonch telefoniga chiqinglar, degan bilan ish bitmaydi. Amaliy harakatga o‘tish, narxlar bo‘yicha reyd o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘rilishi darkor. Yo sotuvchilar aytganidek, yangi yildan keyin un arzon bo‘lib qolarmikan? Bilmadik, bilmadik...

B.O‘KTAM

Manba: Qashqadaryogz.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

AQSh Ukrainada abadiy urush o‘tkazish istagini e’lon qildi

Бу ҳақда профессор Питер Кузник РИА Новости агентлигига берган интервьюсида маълум қилди .

"Sizlar bizga terrorchi, biz esa sizlarga suv beramiz"

Бу ҳақда Ҳиндистон ташқи ишлар вазири Субраманям Жайшанкар Нью-Деҳлида бўлиб ўтган брифингда маълум қилди.

Estoniya va Rossiya o‘rtasida jang chiqishiga sal qoldi

Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.

Rossiya Ukrainani vijdonsizlarcha o‘qqa tutmoqda

20 дан ортиқ "Шаҳед" дронлари Украинага учиб кирди, улар аллақачон Чернигов ва Суми вилоятларида бўлиб, Киев томон ҳаракатланмоқда.

Germaniya Rossiyaga tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Германия ҳукумати вакили Штефан Корнелиус маълум қилди, деб ёзади Berliner Zeitung газетаси.

170 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgan sudya borasida rasmiy bayonot berildi

Тергов сири ва айбсизлик презумпцияси талабларидан келиб чиқиб, бошқа тафсилотлар ошкор қилинмайди.

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

Rossiya Ukrainada yangi hujumni boshladi

Россия музокараларни манипуляция воситаси сифатида қўлламоқда, тинчликка жиддий интилиш кўрсатмаяпти.

Shomurodov "Roma"ning "Atalanta"ga qarshi o‘yinini asosiy tarkibda boshlaydi

Италия А Сериясининг 36-турида "Аталанта" ўз майдонида "Рома"ни қабул қилади.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Putin maxsus operasiyaning asl maqsadini ochiqladi

Россия президенти бу ҳақда “Россия 1” журналисти Павел Зарубинга берган интервьюсида таъкидлади.

Istanbul muzokaralari nega samara bermadi? Ispan nashri Zelenskiyni ayblayapti

Украина делегацияси Владимир Зеленскийнинг учрашув олдидан ўзини тутиши туфайли Истанбулдаги музокараларда муваффақиятсизликка учради.

Bir vaqtning o‘zida uchta Evropa Ittifoqi mamlakati Ukrainaga qarshi

Сиёсий беқарорлик ва уруш чарчоқлари шароитида Украинани қўллаб-қувватлашни сақлаб қолишга уринаётган европалик расмийлар учун бундай бурилиш жиддий зарба бўлади, дея тушунтиради нашр.

Nega Toshkentda chang ko‘tarildi?

Тошкент шаҳрида 17 май куни тушдан кейин чанг бўрони кузатилди.

Putin Amerikadan Rossiya manfaatlariga hurmat kutmoqda

Россия президенти Владимир Путин Россия Федерациясининг АҚШ миллий манфаатларини ҳурмат қилишини маълум қилди.

ID hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Ханс-Дитер Флик "Барселона" билан янги меҳнат шартномасини 2027 йилгача имзолайди. Бу ҳақда "кўк-анорранглилар" президенти Жоан Лапорта маълум қилди.

G‘azodagi hujumda bir kechada 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

ID ҳозирча вазиятга изоҳ бермади.

Somalida harbiy xizmatchilarning portlashi oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi

“Репорт” хабар беришича , бу ҳақда СМС Сомали телеканали Ҳ ижтимоий тармоғида маълум қилди .

Madridning asosiy ayeroportini 500 ga yaqin uysizlar egallab olgan

Испаниянинг Мадрид шаҳридаги асосий аеропортда яшовчи уйсизлар сони 500 нафарга етди.

Makron: G‘azodagi vaziyat insonparvarlikka zid

Франсия президенти Эммануел Макрон Ғазо секторидаги гуманитар ҳолатни «инсонпарварликка зид» деб баҳолади.

Putin ko‘proq Ukraina hududlarini egallab olishga qodir ekanligiga ishonadi, ammo Trampni qattiq asabiylashtirishni istamaydi - CNN

Нашрнинг ёзишича, Москва ҳозирда Истанбулдаги музокараларнинг энг кам натижасига ҳам рози бўлиши мумкин. Чунки Россиянинг ҳозирги тактикаси АҚШни ҳаддан ташқари ғазаблантирмаслик учун тинчлик жараёнига тайёрлигини кўрсатишдан иборат.

Amerika qamoqxonasidan 10 nafar mahbus hojatxona teshigidan qochib ketdi - Reuters

Қочқинлар кетишдан олдин деворга табассум белгисини чизиб, "Биз айбдор эмасмиз" ва "Бу жуда осон бўлди, лол" деган хабарларни қолдиришга улгурди.

Favqulodda holatlarda nima qilish kerak?

Муҳим телефон рақамлари маълум қилинди.

FT: Putin AQSH, Yevropa va Ukraina tayyorlagan 22 banddan iborat sulh rejasini hatto ko‘rib chiqishni ham istamadi

Нашр манбаларига кўра, ушбу 22 банддан иборат режа Украина ва АҚШ амалдорлари ўртасидаги телефон суҳбатида батафсил муҳокама қилинган.

Rossiya Istanbul muzokaralarida Xarkiv va Sumini bosib olish bilan tahdid qilgan — The Economist

Нашр мухбири маълумот беришича, Истанбулдаги музокараларда Россия делегацияси, жумладан Владимир Мединский, Украина томонига Харкив ва Суми областларини босиб олиш билан таҳдид қилган.

AQSh Yevropa qit’asidan qisman qo‘shin chiqarish masalasini muhokama qiladi

АҚШ 2025 йил охирига қадар Европа қитъасидаги ҳарбий контингентини қисқартириш бўйича музокараларни бошлайди. Бу ҳақда НАТОдаги АҚШ доимий вакили Мэттю Уитакер маълум қилди.

Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

Уларни калтаклаган 3 нафар ўқувчи ҳибсга олинган.

Jabaliya vayronalari ostidan ingragan ovozlar eshitilmoqda

Жабалиядаги гувоҳлар вайроналар остидан ҳамон фарёдлар эшитилаётганини айтмоқда.

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Дастлабки маълумотларга кўра 7 нафар фуқаро шифохонага мурожаат қилган. Тиббий кўрикдан ўтказилиб, аҳволлари яхши бўлганлиги боис уйига рухсат берилган.

Medinskiy: "hech qachon ruslarni aldashga va ulardan biror narsa o‘g‘irlashga urinmang"

Мединский музокараларнинг биринчи куни ҳақида Бисмаркка нотўғри нисбат берилган иқтибослар билан сўзлади.

Albaniya bosh vaziri Italiya bosh vaziri Jorja Melonini qiziqarli tarzda kutib oldi

Албания бош вазири Эди Рама Италия бош вазири Жоржа Мелонини қизиқарли тарзда кутиб олди.

Trampning trillion dollarlik tashrifi: Yaqin Sharqdagi tarixiy sarmoyalar!

АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони, Қатар ва Бирлашган Араб Амирликларига (БАА) қилган ташрифлари натижасида Америка иқтисодиётига 12-13 триллион доллар миқдорида сармоя киритиш бўйича келишувларга эришилганини маълум қилди.

Rossiya harbiylari jurnalistlar qo‘nim topgan mehmonxonalarni qasddan o‘qqa tutmoqda

Нодавлат ташкилот ҳисоботига биноан, 2022 йил 24 февралдан буён Россия қуролли кучлари Украинанинг 25 та меҳмонхонасига 31 марта ҳужум қилган. Ушбу меҳмонхоналар асосан фронт чизиғига яқин ҳудудларда - Харков, Донетск, Днепропетровск, Одесса ва Киевда жойлашган.

Istanbulda tinchlikka yangi qadam: Rossiya va Ukraina 1000 kishi almashishi bo‘yicha kelishdi!

Туркия ташқи ишлар вазири Ҳоқон Фидан Истанбулда бўлиб ўтган Россия ва Украина делегациялари учрашуви натижалари ҳақида гапирди.

Isroil armiyasi Tulkarem va Nur Shams qochqinlar lagerlariga hujumlarini davom ettirmoqda

Wafa ахборот агентлиги хабар қилишича, Исроил армияси босиб олинган Ғарбий Қирғоқ шимолидаги Тулкарем ва Нур Шамс қочқинлар лагерларида рейдлар ўтказиш, биноларни бузиш ва аҳолини кўчириш амалиётларини давом эттирмоқда.

Бухорода йўлдан ўтаётган аёл экскаватор босиб кетиши оқибатида ҳалок бўлди

Аёл йўлнинг белгиланмаган жойидан кесиб ўтаётган бўлган.

Кучли таъсир қилувчи дори воситаларининг ноқонуний савдоси фош этилди

Сотувчи М.О. фуқаро Р.М.га кучли таъсир қилувчи дори воситасини шифокор рецептисиз сотган вақтида ушланиб, ундан 13 турдаги дори воситалари ва тиббий буюмлар ашёвий далил сифатида олинган.

Тошкентдаги ёнғин қарийб 3 соатда бартараф этилди

Ёнғин тўғрисида хабар 23:58 да келиб тушган бўлиб, ёнғин-қутқарув экипажлари воқеа жойига 00:03 да етиб борган

Андижонда вояга етмаган бола Spark ҳайдаб, ЙТҲга учради

Ҳолат юзасидан суриштирув ишлари олиб борилмоқда

Барселонада автомобиль футбол мухлислари устига ҳайдалди

Бу ҳақда BBC хабар берди.

Фаластинлик қочқинлар сони 7 миллионга етди

Президент Маҳмуд Аббос таъкидлашича, мамлакат ичкариси ва ташқарисидаги фаластинлик қочқинлар сони 7 миллион кишига етди. Бу ҳақда WAFA агентлиги хабар берди.

Трампнинг "Мега келишуви": Яқин Шарқ учун янги тартиб

Бу ҳақда Israel Hayom юқори мартабали манбага таяниб ёзади.

Берлиндаги Фаластин тарафдорлари намойишида 10 нафар полициячи яраланди

Бу ҳақда Билд нашри хабар берди .

ФҚБнинг собиқ раҳбари Трампга таҳдид солаётган пайтда қўлга олинди

Бу ҳақда Миллий хавфсизлик департаменти раҳбари Кристи Ноэм Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.

Англия жанубидаги тарихий автомобиль ишлаб чиқариш маркази ёниб кетди

Бу ҳақда “Репорт ” хабар бермоқда Ойна маҳаллий ҳокимият органларига таяниб.

Ғазодаги қурбонлар сони 53 мингдан ошди

2023 йил 7 октябрда Исроил ҳарбий тажовузи бошланганидан буён Ғазо секторида ҳалок бўлганлар сони 53 010 нафарга етди. Бу ҳақда чоршанба куни Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги хабар берди, деб ёзади Anadolu.

"Уларнинг вазифаси - Москвадан вовуллаш": Украина Ташқи ишлар вазирлиги Лавров ва Захарованинг баёнотларига муносабат билдирди

ТИВ матбуот котиби Георгий Тихий шундай деди: Путин Зеленский билан Истанбулда учрашиш ва урушни тўхтатиш бўйича жиддий музокара ўтказиш ўрнига, Россиядан фақат шахсий ҳақоратлар эшитилмоқда.

Россиянинг нефт экспортидан тушуми апрель ойида кескин камайди — ХЭА

Март ойига нисбатан тушум 1,13 млрд долларга камайган. Бу экспорт ҳажми ёки нархдаги пасайиш билан боғлиқ бўлиши мумкин.

“Россия нефти қўлга тушмасдан ўтмоқда” — ЕИ тан олади: ресурс етишмайди

Европа Иттифоқи Ҳарбий қўмитаси раҳбари Роберт Бригер маълум қилишича, ҳозирда Европа Иттифоқида Россия нефтини ташиётган танкерларни ушлаб қолиш операциясини бошлаш учун етарли ресурслар мавжуд эмас.

ЖСТ раҳбари: Глобал савдо инқироздадир

Қўшма Штатлар ва бошқа мамлакатлар ўртасидаги икки томонлама тариф келишувлари адолатли савдонинг асосий тамойилини бузиши мумкин.

Ўзбекистон Россияда Топ-10 севимли саёҳат йўналишига кирди

Бу ҳақда Россия туроператорлари ассоциацияси директори Майя Ломидзе “Марказий Осиёга Uzbekistan Airways қанотларида” биринчи йиллик форумида айтиб ўтди.

Зеленский: Украина оккупация қилинган ҳудудларни Россияники деб тан олмайди

Украина президенти Володимир Зеленский Россия назоратидаги вақтинча оккупация қилинган ҳудудлар бўйича ҳеч қандай юридик тан олиш бўлиши мумкин эмаслигини қатъий таъкидлади.

Фалокат унутилмаган: Накба хотирасида 115 фаластинлик сионистлар томонидан ўлдирилди

Фаластинликлар Накбанинг 77 йиллигини хотирлаётган пайтда жиноятчи Исроил Ғазода 100 дан ортиқ кишини ўлдирди. Янги ҳужумлар Ғазода камида 115 кишининг жонига зомин бўлди, Исроилнинг ўта ўнг қанот кучлари Накба йиллигида Ғарбий қирғоққа ҳужум қилишга ундамоқда.

Франциядаги қамоқхоналарнинг ҳаддан ташқари кўплиги рекордларни янгилашда давом этмоқда

Бу ҳақда Ле Фигаро газетаси ёзмоқда.

Германия Россияга қарши янги санкцияларга қарши

Бу ҳақда “Саҳра Вагенкнечт иттифоқи – ақл ва адолат учун” партияси етакчиси Саҳра Вагенкнехт Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилди.