Qat’iy belgilangan soliqni kimlar to‘laydi?

Qat’iy belgilangan soliqni kimlar to‘laydi?

Bir kalendar yilda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, bir kalendar yil davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdor oshgan oyning keyingi oyidan boshlab yagona soliq to‘lovini to‘lashga o‘tadi.

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchi bo‘ladi.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi va elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reestriga kiritilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar sirasiga kirmaydi.

Manba: zarnews. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!