“Qassob Karajich” umrbod ozodlikdan mahrum etildi

“Qassob Karajich” umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Bosniyalik serblar yetakchisi Radovan Karajich bir umrga ozodlikdan mahrum etildi. U insoniyatga qarshi jinoyatlar va genosidda aybdor deb topildi.

Gaaga tribunali sudyalari Serb Respublikasining sobiq prezidenti va sobiq Oliy bosh qo‘mondoni qassob Karajich laqabli Radovan Karajichni 1991-1995 yillardagi Bolqon urushi paytida Bosniya va Gersenovina hududida jinoyatlar sodir etgan deb hisobladi. Xususan, uning maqsadi bosniyalik serblar o‘ziniki deb da’vo qilgan yerlardan musulmonlar va xorvatlarni quvish, Sarayevo shahri aholisini qo‘rqitish, Srebrenisada musulmonlarni qirish bo‘lgan. Bu anklavda 1995 yilda 7-8 ming musulmon shafqaptsizlarcha o‘ldirilgan.

2016 yilda sobiq Yugoslaviya bo‘yicha BMT xalqaro tribunali Radovan Karajichni 40 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida qaror chiqargan edi. Biroq himoya tomoni yumshoqroq jazo berilishi talab qildi, ayblov tomoni esa jazoni yetarli emas deb hisobladi.

Kecha, 20 mart kuni Apellyasiya palatasi qarori bilan avvalgi qaror o‘zgartirildi va 73 yoshli Radovan Karajich bir umrga ozodlikdan mahrum etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!