Qashqadaryoda sug‘oriladigan yerda noqonuniy qurilish qilgan shaxs 2 yilga qamaldi

Qashqadaryoda sug‘oriladigan yerda noqonuniy qurilish qilgan shaxs 2 yilga qamaldi

Kadastr agentligining G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan «Istiqlol» hududida nazorat tadbiri o‘tkazilganida paxtachilik-g‘allachilik ekinlari yetishtirishga mo‘ljallangan so‘g‘oriladigan yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan noqonuniy ravishda 3,80m× 4,90 m o‘lchamda yashash uyi, ayvon, hovuz va boshqa yordamchi,xo‘jalik binolarini qurgani holati aniqlangan.

Kadastr xodimlari tomonidan aniqlangan ma’lumotlar «qo‘shma tartib» asosida Tuman prokuraturasiga taqdim etilgach, yer qonunbuzilishi holatini sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 229 prim 1 moddasi 2- qismi bilan «jinoyat ishi» qo‘zg‘atilgan.

Natijada ish jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tumani sudida ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonlarida sudlanuvchining aybiga iqrorligi, jinoyat oqibatlari bartaraf etgani qayd etilib,fuqaroga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!