Qashqadaryoda plastik kartadagi pullarni o‘g‘irlab ketishdi

Qashqadaryoda plastik kartadagi pullarni o‘g‘irlab ketishdi

2 may kuni Koson tumani IIBga, Koson tumani “Ravot” mahallasida yashovchi fuqaro T.D. ariza bilan murojaat qilib, arizasida noma’lum shaxslar 2020 yilning mart va aprel oyida voyaga yetmagan 2 yoshli farzandining nafaqa puli tushirilgan o‘zining nomidagi AT “Xalq banki” tomonidan berilgan plastik kartochkasining xisob raqamida bo‘lgan jami 1.448.300 so‘m pullarini yashirin ravishda kompyuter tizimiga uning ruxsatisiz kirib o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-toroj qilganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini Koson tumani “Regzor” mahallasida yashovchi B.B. tomonidan “Click” xizmati orqali kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib sodir etganligi aniqlangan. 

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi TB tomonidan B.B.ga nisbatan  Jinoyat kodeksining 169-m. 3-q “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!