Qashqadaryoda davomatni yashirishga uringan direktor ishdan olindi

Qashqadaryoda davomatni yashirishga uringan direktor ishdan olindi

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripov rahbarligida Chiroqchi tumanidagi maktab direktorlari, o‘rinbosarlari, psixologlari ishtirokida tanqidiy hamda tahliliy yig‘ilish o‘tkazilgan. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, yig‘ilish davomida o‘z lavozimiga sovuqqonlik bilan qarab, ta’lim sifati, majburiy ta’limga jalb etilgan o‘quvchilar davomatini soxtakorlik bilan o‘zgartirishga uringan yoki rahbarlikni umumiy nazoratiga bepisandlik bilan qaragan Chiroqchi tumanidagi 60-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori va uning o‘rinbosarlari o‘z lavozimidan ozod etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!