Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Chim mahallasida joylashgan maktab o‘quvchisi C.C. 2019 yil 8-sinfda tahsil olayotgan paytda o‘zining tengdoshi N.A bilan jinsiy aloqa qilib, homilador bo‘lib qolganini aytmoqda. Oradan vaqt o‘tib 2020 yil mart oyida qizdan qiz farzand dunyoga keldi. Ayni paytda C.C. bir yoshga to‘lgan qizaloqni tarbiyalmoqda.
Voqea haqida «Nasafnews»ga ma’lumot bergan qiz va onasining aytishicha, tug‘ilgan bolaning otasi begona emas. Ya’ni qizning tengdoshi yigit N.A. ularga yaqin qarindosh.
«2019 yil may oyida ko‘richak bo‘ldim. O‘sha paytlari birga o‘qiydigan tengdoshim N. A. uyga ovqat olib keldi. Keyin dars qilamiz deb aytdi. Keyin kitob olgani shkafni yoniga borgandim, og‘zimni qoplab, qo‘limni qaytardi. Meni majburlab, zo‘ravonlik qildi. «Men seni olaman, hech kimga aytma, bo‘lmasa o‘ldirib ketaman» degan tahdid bilan uyiga ketdi. Ertasi kuni yana yugurib chopib kirib keldi. Men qo‘rqqanimdan derazadan qochmoqchi bo‘lgandim, meni og‘zimni qopladida qo‘limni qaytardi. Yana zo‘ravonlik qilib, majburladi. Hushimdan ketib qoluvdim, uyg‘onsam qo‘limni o‘qalab o‘tirgan ekan. Keyin yana «men seni olaman, hech kimga aytma, agar aytsang o‘ldirib ketaman, hech kim bilmaydi, o‘ligingni topolmaydi» dedi. Tahdid qilib qo‘rqitib ketdi»,- deydi qiz.
Qizning onasi Z. Bozorova bu voqealar sodir bo‘lganida o‘z uyida bo‘lmaganini aytdi.
«Biz 2019 yil aprel oyida turmush o‘rtog‘im bilan daladan yer olib, pomidor ekkandik. Pomidor chopig‘iga qo‘shnilar va qizlarni olib ketganmiz. Yon qo‘shnim, ammamning o‘g‘li biz yo‘qligimizdan foydalanib, qizimning nomusiga tekkan. Qizimga «bo‘lgan voqeani aytsang, o‘ldiraman» der ekan. Sochlarini yulib, yigit urarkan. Bo‘lgan voqeadan qo‘rqib, bizga aytmagan. Men uni homiladorligini homila 7 oylik bo‘lganda bildim. Qamashi tumani Ichki ishlariga murojaat etdik. Bolani sog‘ligi uchun javob berasizlar deb biz 2 oy davolatdik. Bola karantin vaqtida tug‘ildi. Hozirgi kunda men ichki ishlarga va qator tashkilotlarga murojaat qilib chiqdim. Lekin bolalar voyaga yetmagan deb bittayam chora ko‘rilmagan. 2020 yil 7 yanvar kuni Toshkent shahriga borib portalga yozma ravishda murojaat tashladim. Undan tashqari Ichki ishlar vazirligiga, inson huquqlarini himoya qilish tashkilotiga, Tanzila Norboyevagacha murojaat qildim. Xatning javobi faqat Qamashi tuman ichki ishlari bo‘limiga kelgan. Ichki ishlarning esa menga yozgan javobi bir xil kelyapti»,- deydi qizning onasi Z. Bozorova.
Z.Boxzorova murojaatlardan natija bo‘lmagandan so‘ng, otalikni aniqlash bo‘yicha DNK ekspertizasi o‘tkazilgan.
«DNK da hammasi aniq bo‘ldi. 99 foiz bola ammamning o‘g‘lidan ekaninini bildik. Lekin ammam hammasidan bo‘yin tovlab, «sen DNKni tanish-bilish qilib o‘tkazding»- deb men bilan janjal qildi»,- deydi u.
Manba holat yuzasidan mahalla raisi va uning o‘rinbosarlaridan ham video intervyu oldi.
Shuningdek, yuqoridagi ishni ko‘rgan Qamashi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi A.Nosirov bilan bog‘langanimizda voyaga yetmagan bola N.A. jinoyat sodir qilgan vaqtida jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmaganligi sababli ayblilik masalasi hal qilmasdan turib jinoyat ishi tugatilganini ma’lum qildi.
Tergovchi qo‘shimcha ma’lumotlari faqatgina Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatidan olishimiz kerakligini aytdi. Ammo IIBga bog‘lanishlarimiz besamar ketdi.
Nasafnews.uz mazkur holat yuzasidan video ko‘rsatuv ham tayyorladi. Videoda voqealar haqida ko‘proq ma’lumot beriladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.
БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.
20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.
Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.