Qashqadaryoda 27 yoshli ayol o‘zini osib o‘ldirdi

Qashqadaryoda 27 yoshli ayol o‘zini osib o‘ldirdi

Joriy yilning 1 iyunidan 2 iyuniga o‘tar kechasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 27 yoshli ayolning jasadi topildi. Xabar berilishicha, ayol o‘zini osib o‘ldirgan. 1996 yilda tug‘ilgan ayol 2 iyun kuni soat 01:30 da yashash uyida osilgan holda topilgan.

Ammo ayolning qo‘shnisi u urib o‘ldirilganlini gumon qilyapti. Avvalroq, ayol o‘z onasiga eri uni o‘ldirmoqchi bo‘layotgani haqida ma’lum qilgan. Onaning aytishicha, ayolning qarindoshlari voqeadan kechroq, soat 03:30 larda xabar topishgan. Ayolning onasi qizi vahshiylarcha bo‘g‘ib o‘ldirilganini aytdi.

Ayolning jasadini ko‘rgan guvohlarning fikricha, ayolning tanasida turli tan jarohatlari bo‘lgan. Guvoh ayolning o‘z joniga qasd qilganiga shubha bildirib, undagi tan jarohatlar kaltaklanish oqibati ekanini ta’kidladi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Marhumaning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqiladi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!