Qashqadaryoda 2,5 yashar farzandi bor ona qamoqqa olindi. Nega?

Qashqadaryoda 2,5 yashar farzandi bor ona qamoqqa olindi. Nega?

Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumanida yashovchi S.Xayrullayevaning opasi M.Xayrullayevaning asossiz ravishda qamoqqa olinganligi, uning 2 yosh 5 oylik farzandi borligi, onasi yurak kasalligi bilan og‘rishi, farzandi onasida qolib ketganligi, opasi oilasida yagona boquvchi ekanligi, opasining qamoqdaligida o‘g‘li ikki marotaba kasal bo‘lib qolganligi, opasi yurak parogi, o‘pka sil kasalligi bilan kasallanganligi haqidagi xabarlar tarqalgan.

Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, fuqaro M.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi va boshqa tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi yuqoriligi hamda fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararlar qoplanmaganligi sababli, sud ajrimi bilan unga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov jarayonida o‘tkazilgan komission sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, uning salomatligi holati tergovda qatnashishiga, qamoqda saqlanishiga mone’lik qilmasligi ko‘rsatilgan.

Ayblanuvchi advokatlari ishtirokida jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishtirilib, jinoyat ishi mazmunan ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudi muhokamasiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!