Qashqadaryo viloyatida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zneftgazinspeksiya” va "Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda G‘uzor tumanidagi “A.SH.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasiga o‘rnatilgan hisoblash uskunasiga tashqaridan ta’sir o‘tkazishib, jami 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!