Qarshidagi ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida yong‘in kelib chiqdi

Qarshidagi ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida yong‘in kelib chiqdi

Qarshidagi 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bir bemor kuyish jarohatini olgan.

25 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi kasalxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda Xalq so‘zi Online IIV matbuot xizmatiga tayanib xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 1-sonli ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in shifokorlar tomonidan o‘chirildi. Oqibatda 2-qavatning 2 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan va shu shifoxona davolanayotgan R. S. kuyish jarohatini olgan.

Surishtiruv natijasida yong‘inga elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qo‘yilgani sabab bo‘lgani aniqlangan.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!