“Xalq so‘zi Online”. Ahad Muhammadiyev/Qashqadaryo. Prezidentimiz 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining filiallarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. O‘tgan qisqa vaqtda yonma-yon joylashgan ikki yirik markaz qurib bitkazildi.
Davlatimiz rahbari 13 dekabr kuni bu yerga tashrif buyurib, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, zamonaviy texnika va uskunalarni ko‘zdan kechirgan edi.
Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida yurak ishemik kasalligi bo‘yicha birinchi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Klinikaning tajribali shifokorlaridan iborat jarrohlari tomonidan amalga oshirilgan bunday murakkab operasiyani shu paytga qadar faqat poytaxtimizda va xorijiy mamlakatlardagi klinikalarda o‘tkazish mumkin edi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu yangi klinika jahon andozalari darajasida yaratilgan sharoitlar, eng so‘nggi zamonaviy tibbiy jihozlar va malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi bois bu yerda eng murakkab operasiyalarni ham o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
“Ochiq yurak operasiyasi G‘uzor tumanidan kelgan 15 yoshli bemorda muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha ko‘p yillardan buyon bemorda bunga imkon bo‘lmagan. Jarrohlik amaliyotini hamkasblarimiz – tajribali jarrohlar Rustam Yarbekov, Oleg Po‘latov, anesteziologlar Sanjar Omonov, Sardor Rahimov birgalikda o‘tkazdik. Bu operasiya yurakning qorinchalararo deffekt plastikasi yoki yurak parogi deb yuritiladi. Hozir bemorning eng muhim hayotiy organlari maxsus tibbiy aparaturalarda nazorat qilib turilibdi”, - deydi shifokor Adham Jalilov.
Manba: xs. uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Германиянинг Statista компанияси маълумотларига кўра, табиий захиралари қиймати бўйича энг бой мамлакат — Россия. Мамлакатнинг табиий бойликлари 75 трлн долларга баҳоланган.
21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.
Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.
New York Times газетасининг Америка ва Европа расмийларига таянган ҳолда хабар беришича, «Жо Байден Совет Иттифоқи парчаланганидан кейин Украинадан тортиб олинган ядро қуролларини Украинага қайтариши мумкин».
Чехия ТИВ раҳбари Ян Липавский Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида "Чехия, бошқа эркин давлатлар каби, Кремл томонидан шантаж қилинишига йўл қўймайди", деб ёзди.
Германиянинг Bosch концерни немис автосаноатидаги инқироз ва ҳайдовчиларга ёрдам бериш тизимлари ва автоном ҳайдаш учун дастурий ечимларга талабнинг камайиши сабабли ходимларини ишдан бўшатишга мажбур. Бу ҳақида ҳисоботлар Reuters компания баёнотига таяниб.