Qarshida «Tez yordam»ning ayol shifokori kaltaklandi, feldsher voqea joyida hushidan ketdi

A A A
Qarshida «Tez yordam»ning ayol shifokori kaltaklandi, feldsher voqea joyida hushidan ketdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tez tibbiy yordam xodimlariga marhumning yaqinlari tomonidan tajovuz qilindi, feldsher va ayol shifokor kaltaklandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 16 oktyabr kuni soat 08:28da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi filiali tez tibbiy yordam stansiyasi Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilgan fuqaro Qarshi shahri, Depo ko‘chasi 28-uyda yashovchi,1967 yilda tug‘ilgan SH. G. hushidan ketgani uchun «tez yordam» chaqirgan. Soat 8:36da chaqiriq joyiga vrach A.B., feldsher S.N. hamda haydovchi G‘.R.dan iborat «Tez yordam» brigadasi jo‘natilgan va ular manzilga zudlik bilan soat 08:42da yetib borgan. Ammo o‘sha xonadonda jam bo‘lgan kishilar tez tibbiy yordam xodimlarini shaxsiyatga tegadigan haqoratli gaplar bilan kutib olishgan.

Vrach va feldsher xonaga kirganida bemor yonbosh yotgan, qo‘llari va oyoqlari bukilgan holatda bo‘lgan. Vrach qon bosimini o‘lchash uchun uning qo‘lini to‘g‘rilashga uringanida qo‘li muzlaganini sezgan. Shundan so‘ng shifokor darhol bemorning bo‘ynidagi tomir urishini aniqlashga harakat qilgan. Tomir urishi sezilmagan, bemor nafas ham olmagan, ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka ta’siri tekshirilganida esa umuman reaksiya bo‘lmagan.

Shundan so‘ng shifokor biologik o‘limni qayd etgan. Bu haqda yonida turgan feldsherga ma’lum qilgan. Buni eshitgan orqada turgan ikki erkak kishi feldsher S.N.ning beliga to‘satdan kuchli zarb bilan qattiq tepgan. Ayol kishi bo‘lishiga qaramasdan, vrach A.B.ni ham bir vaqtning o‘zida qattiq kaltaklashgan. Natijada, feldsher voqea joyida hushidan ketgan, vrach esa jiddiy tan jarohati olgan.

«Tez yordam» haydovchisi o‘sha uyda bo‘lganlardan biri ko‘magida shifokor va feldsherni mashinaga olib chiqib, RSHTYOIM Qarshi filialiga olib kelgan. Mutaxassislar ko‘rigi va standart tekshiruvlarda feldsher S.N.ga yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, ko‘krak, orqa va bel, bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimasi lat yeyishi, vrach A.B.ga yopiq bosh miya jarohati, bosh miya chayqalishi, yumshoq to‘qimalarning lat yeyishi tashxisi qo‘yilgan. Ular ayni paytda RSHTYOIM Qarshi filialining neyroxirurgiya bo‘limida davolanyapti.

Chaqiriq bo‘lgan xonadondagi marhumning jasadini uning yaqinlari o‘zlarining avtomashinasida RSHTYOIM Qarshi filialiga o‘zlari olib borishgan. Reanimasiya bo‘limi shifokorlari u taxminan bir soatcha avval vafot etganini tasdiqlagan. Shundan so‘ng shifoxona ma’muriyati ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

«Shu o‘rinda biz ham vaziyatga izoh berib, shuni aytishimiz mumkinki, «tez yordam» brigadasi chaqirilgan manzilgan kechikmasdan bor-yo‘g‘i 6 daqiqada yetib borgan. Har qanday holatda ham yaxshilik qilish umidida xonadoniga kirib kelgan va o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarayotgan shifokorga qo‘l ko‘tarish, tajovuz qilish, unga tan jarohati yetkazishni aslo oqlab bo‘lmaydi. Bu insoniylikka, xalqimizning yaxshilikka yaxshilik bilan javob qaytarishdek ezgu qadriyatlariga aslo to‘g‘ri kelmaydi.

Afsuski, keyingi paytlarda xalqimizning asriy qadriyatlariga va an’analariga zid bo‘lgan bunday nomaqbul holatlar ko‘payib boryapti. Ayniqsa, shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida bu kabi holatlar kunda-kunora uchrab turibdi.

Shundan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ko‘magida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan edi. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mazkur qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hozirda mazkur qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ushbu hujjat loyihasining qabul qilinishi natijasida tibbiyot xodimlariga nisbatan bunday tajovuzlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Yana bir bor qayd etish joizki, shifokor hech qachon bemorga yomon bo‘lishini istab harakat qilmaydi, u hamisha insonlarga yaxshilik qilishga intiladi. Ko‘makka muhtoj bemorlarga shifo baxsh etish, favqulodda holatlarda inson hayoti va salomatligini asrash uchun bor kuch va salohiyatini baxsh etadi. Shunday ekan, bunday fidoyi kasb egalariga, ularning halol mehnatiga nisbatan adolatsizlik va nohaqliklarning oldini olish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim vazifadir.

Fuqarolarimiz ham insonlar salomatligi yo‘lida kun-u tun xizmat qilayotgan shifokorlar mehnatini qadrlashni o‘zlarining vijdoniy burchlari, deb bilishlari va bu borada qonun ustuvorligini ta’minlashga hamda qat’iy jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga o‘z hissalarini qo‘shishlari zarur», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Navoiyda dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor!

Бугун, 2 май куни Зарафшон–Фасфарит автомобиль йўлида йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Eron AQSh bilan urush "katta ehtimol bilan" qayta boshlanishini ma’lum qildi

Ушбу огоҳлантириш Доналд Трампнинг Теҳрон томонидан воситачи Покистон орқали тақдим этилган янги тинчлик таклифидан қаноатланмагани ҳақидаги сўзларидан кейин пайдо бўлди

Turkmanistonning dunyoga ochilish yo‘lidagi ilk va ehtiyotkor qadamlari – Reuters

Дунёнинг энг яккаланган мамлакатларидан бири ҳисобланган Туркманистонда сўнгги пайтларда сезиларли ўзгаришлар кузатилди.

Бартараф этиш ишларига барча зарур куч ва воситалар жалб қилинган. Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi

Маълум қилинишича, ҳолат 2 май куни соат 21:35 атрофида “Ғафур Ғулом” бекатида содир бўлган.

Шу каби, фуқаро С.Х. ҳам “Зарафшон” МФЙ ҳудудидаги хонадонида қум ва тошдан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келганлиги аниқланди

Тергов ҳаракатлари 38 кун давом этди ва унда Австрия, Чехия ҳамда Словакия ҳуқуқ-тартибот идоралари иштирок этди.

Niderlandiyaning ikki malikasiga suiqasd uyushtirildi

Маликалардан бири Амалия ўтган йилларда ҳам таҳдидлар олган эди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

​Cessna 421C русумли самолёт Остиндан тахминан 40 мил узоқликда жойлашган Уимберли шаҳрида, пайшанба куни соат 23:25 атрофида қулаган.

Malida zaif alyans: jihodchilar va separatistlar hamkorligi kuchaymoqda, ammo birlik barqaror emas

Мали ҳозирги йилларда энг жиддий хавфсизлик инқирозларидан бирини бошдан кечирмоқда.

Tramp Italiya va Ispaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi

Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.