Qarshi tuman IIB boshlig‘i g‘alla rejasini bajarmagan fermerlarni «musht» bilan «siyladi»…

Qarshi tuman IIB boshlig‘i g‘alla rejasini bajarmagan fermerlarni «musht» bilan «siyladi»…

Qarshi tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Rajabov davlatga don topshirish rejasini bajara olmagan fermerlarni shafqatsizlarcha kaltaklagan. Shu haqda tumandagi «Abdug‘afurov Muhammad» fermer xo‘jaligi rahbari 33 yoshli Rahmatullo Xo‘jamurodov xabar tarqatgan. Uning aytishicha, milisiya bo‘limi boshlig‘i oldin fermerlardan reja bajarilmasligi sababini surishtirgan. Ular buning sababini tushuntira boshlashganda, barchalarini baravar kaltaklay ketgan.

— U meni va yana ikki fermer Bahriddin To‘rayev, Abduhamid Pardayevlarni kaltakladi, — dedi Rahmatullo Xo‘jamurodov. — Avval quloq-chakkamizga, keyin esa yuz-ko‘zlarimiz aralash ayovsiz zarbalar yo‘lladi…

Jabrlanuvchi yana shuni alohida ta’kidlab o‘tdiki, boshqa fermerlar ham kaltakdan bebahra qolmadi. Hatto, yoshi ulug‘ fermerlarni ham milisiya bo‘limi boshlig‘i ayab o‘tirmagan…

Jahongir Rajabovning o‘zi bu masalada jurnalistlar bilan suhbatlashishdan bosh tortgan.
 

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!