Qachon va qanday yugurgan ma’qul?

A A A
Qachon va qanday yugurgan ma’qul?

Agar hozirdan yugurishni boshlamasangiz, vaqti kelib hayot sizni shifoxonama-shifoxona yugurtiradi. Shundan xulosa qilib, o‘z vaqtida toza havoda yugurishni odat qilib oling. Ishoning, bu siz o‘ylaganingizdan-da zavqli mashg‘ulot.

Men sizlarga o‘zimning tajribalarim, izlanishlarim va sport yo‘nalishida o‘qib-o‘rganganlarimdan kelib chiqib, yugurish bo‘yicha maslahatlarimni bermoqchiman.

Qaysi paytda yugurish kerak?

Aslida xohlagan paytingizda yugurishingiz mumkin, asosiysi bu ishni odat qilib olishingiz kerak. Lekin erta tongda yugurishning foydali tomonlari juda ham ko‘p, bular quyidagilar:

— erta tongda havo judayam toza bo‘ladi. Chunki kechqurun avtomashinalar kam yuradi va kechasi bilan nam tushishi natijasida havo namligi yugurish uchun optimal darajada bo‘ladi;

— ertalabki toza havodan to‘yib olishning o‘zi biz uchun judayam foydali, bundan yanada samarali foyda olish uchun esa harsillab yugurishimiz kerak. Sababi o‘pkamiz harsillaganda undagi mushaklar chiniqib, tozalanadi, havodagi har xil zararli zarrachalarga qarshi kurashuvchanlik xususiyatini tiklab oladi, shu tariqa butun organizmimiz yaxshi ishlay boshlaydi;

— sahar-tongni ish vaqtidan xoli ekanligi, ya’ni siz kunduzgi vaqtingizni ishga, ishdan keyin esa oilangizga sarflashingizga imkon tug‘diradi;

— erta tongda yugurish, bu — sizning ertalabdan chaqqon va tetik holatda ishga kirishingizga katta turtki beradi;

— ertalabdan energiya sarflaysiz, bu sizni ertalabki nonushtani ishtaha bilan qilib olishingizga zamin yaratadi, ishtahasiz yeyilgan ovqat zararga, ishtaha bilan yeyilgani foydaga xizmat qiladi deyishadi tabiblarimiz;

— albatta, ishingiz yoki boshqa sabablar tufayli sizga kechki vaqt mos bo‘lsa, kechasi yugurishniyam kunduzgi charchoqlarni chiqarib olishga foydasi judayam katta.

Oyoq kiyim tanlash…

Yugurishda asosiysi oyoq kiyimi hisoblanadi. Hozirda yugurish uchun maxsus har xil turdagi yumshoq kedalar chiqqan bo‘lsa-da, men sizlarga oddiy, tagi yupqa kedalarni tavsiya qilgan bo‘lar edim.

Buning sabablarini sanab o‘tsam. Odamzodga oyoqlar yurish va yugurish uchun berilgan. Oyog‘imiz ostidagi nuqtalar barcha a’zolarimiz bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Buni tibbiyot ham tasdiqlab turibdi. Ya’ni, oyog‘imizdagi barcha organlarga bog‘liq nuqtalar yurish va yugurish vaqtida uqalanib, ichki a’zolarimizning yaxshi ishlashiga turtki berib turadi. Yumshoq kedalarda esa o‘sha nuqtalarning uqalanishi qiyinlashadi.

Ilk marta yugurganda oyoqlar tagi yupqa kedada bir oz og‘rishi mumkin. Bundan aslo xavotir olmang va bu jarayon tez o‘tib ketib, bunga ko‘nikib qolasiz.

Shunday bo‘lsa-da, agar xohlasangiz, maxsus yugurishga mo‘ljallangan yumshoq kedalardan foydalanishingiz ham mumkin.

Qayerda yugurgan yaxshi?

Bog‘ va xiyobonlarga yugurish sizga tabiatdan zavq olib, yanada tozaroq havodan to‘yib olishingizga sabab bo‘ladi.

Agarda yo‘llari ravon shaharda yashasangiz, har xil manzaralarni ko‘rib, shahar bo‘ylab yugurib kelishingiz zavqli kechadi.

Stadion yoki boshqa sport maydonchalari ham yugurish judayam qulay, bunday joylarda sizga motivasiya berib turadigan sheriklar ham topiladi.

Maxsus yugurish uchun trenajyor yo‘lakchalari uydan chiqqisi kelmaydiganlar va qish faslida tashqarida shamollab qoladiganlar uchun judayam qulay. Lekin kuzatishlarimdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, bu buyumni sotib olganlarning ko‘pchiligi avvaliga bir-ikki hafta yugurib, keyin shug‘ullanmasdan tashlab qo‘yadi.

Tashqariga chiqishga uyaladigan hamda imkoniyati yo‘q odamlarga esa hovlida, hatto xona ichida yugurishni tavsiya qilaman. Faqat, bunday qisqa masofali joylarda yugurganingizni soat yoki sanog‘ini chiqaradigan maxsus hisoblagichlar bilan hisoblab boring.

Yugurishga tayyorgarlik

Erta tongda yuguradiganlar tayyorgarlikni kechqurun, uxlashdan oldin boshlashlari kerak. Birinchidan, erta uyg‘onishni niyat qilib olasiz, budilnik vaqtini sozlab, telefonni o‘chirib, o‘zingizdan 3-4 metr uzoqroqda qo‘yib olasiz (radiasiyadan uzoq bo‘lishi va turib o‘chirish uchun). Uxlashdan oldin yegan ovqatingiz to‘liq hazm bo‘lgan (engil ovqatlanib yotish kerak) bo‘lishi kerak. Xona havosini nazorat qilib uyquga ketish sizning ertalab uyqudan tetik holatda uyg‘onishingiz va erta tongdan yugurishingizga katta turtki beradigan omillardan hisoblanadi.

Uyg‘onishingiz bilan 200-300 ml iliq suv ichib olib, u-bu ishlar bilan taxminan 30 daqiqalar band bo‘ling va keyin yugurishga tayyorgarlik ko‘rib, kiyinib oling. Sababi uyqu va yugurish rejimlari bir-biriga mos emas, dam olib yotgan odam birdaniga yugursa, organizm zo‘riqib qolishi yoki qandaydir kasalligi bor odamlarga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Agarda siz boshqa paytda yugursangiz, albatta yegan ovqatingiz to‘liq hazm bo‘lgan holatda bo‘lishi kerak — o‘ta och ham emas va to‘q holatdayam emas.

Umuman, yugurishdan qancha vaqt oldin ovqatlanib olgan ma’qul degan savolga har kim har xil javob beradi. Kimdir ikki soat, kimdir to‘rt soat deydi. Bu sizning ovqat hazm qilish tizimingizning ishlashi va qanday taomdan qancha miqdorda iste’mol qilishingiz kabilar bilan bog‘liqdir.

Yugurishni boshlashdan oldin me’yor va sport yuklamalarini aniqlashtirib oling.

Jismoniy holatingizdan kelib chiqqan holda qanday tezlikda yugurishingiz, qancha vaqt sarflashingiz, qancha masofaligini aniqlashtirib olishingiz kerak.

Buni ikkiga bo‘lib tushuntirishga harakat qilaman:

1. Yugurishni boshlamoqchi bo‘lsangiz, ilk kunlardanoq tez va yuqori bosimda mashg‘ulotlarni boshlamasligingiz kerak. Tugatmoqchi bo‘lsangiz ham birdaniga bu odatni tark etish organizm uchun zararli ekanligini aytib o‘tsam.

Masalan: ilk bor yugurishga chiqmoqchi bo‘lsangiz, avvalo 1 oy har kuni 5-6 kilometr piyoda yurishni, keyingi 2 oy sekin yugurishga o‘ting, organizm ancha chiniqib olgandan keyin tezlikni oshirib, ohista va tezroq yugurishingiz mumkin.

2. Kunlik yugurishingizni ham avvaliga sekinlik bilan boshlab, keyinchalik tezlikni oshirib borasiz. Umumiy masofaning 70-75 foizini sekin yugurish tashkil qilsin, qolgan oxirgi qismi esa tezlikda yugurish bilan yakunlanadi (tezlikda yugurish ixtiyoriy).

Masalan: avvaliga 1 km piyoda yurasiz, keyin 3 km sekin yugurasiz. Tanangiz qizib olgandan so‘ng tezlikda 1 km tezlikda yugurib, mashg‘ulotni yakunlab olasiz.

Yugurishni tugatgandan birdaniga o‘tirib yoki to‘xtab qolish zararli. Yana 2-3 daqiqa piyoda yurib, organizmingizni sovitib oling.

Birdaniga tez yugurish oyoq mushaklaringizni tez charchatib qo‘yib, keyingi kunlarda og‘rib qolishi mumkin. Ammo bu keyingi kunlarda qaytib yugurmasligingizga sabab bo‘lmasligi kerak. Bu masalani har kim murabbiysi maslahatlari yoki o‘zining shaxsiy tajribasidan kelib chiqib aniqlab, hal qilishi mumkin, men shunchaki misol tariqasida tushuntirib berdim.

Yugurish texnikasi

Yugurish texnikasini bilish yaxshi natijalarga erishishingiz, har xil jarohat va og‘riqlardan o‘zingizni himoya qilishingizga katta yordam beradi. Quyida yugurish texnikasiga e’tibor beradigan ayrim jihatlarni sanab o‘tsam.

Yugurishda boshingizni tik tutib, old tomonga nigoh tashlab harakat qilishingiz kerak. Pastga yoki yuqoriga qarab yugurishdan imkon qadar saqlangan yaxshi. Bu umurtqangizning bo‘yin qismiga ortiqcha bosim tushishining oldini oladi.

Yugurganda qo‘llaringiz tanangizga yaqinroq turib harakatlanishi, qo‘llarning 90 gradusda egikligi, barmoqlaringiz esa yarim yopilgan holatda bo‘lishi judayam muhim hisoblanadi. Qo‘llarning harakati ohista, oyoqlar harakatiga mos bo‘lishi kerak.

Oyoqlarning harakati ohista va bir maromda bo‘lishi bilan birgalikda, ikki oyoq orasining ochilishiyam taxminan 90 gradusni tashkil qilishi kerak.

Oyoq ostini yerga qo‘yishda uning erkin va bir maromda harakatlanishiga e’tibor qaratishimiz kerak bo‘ladi, sababi ko‘pchilik oyog‘ini birdaniga qattiq bosadi yoki oyoq ostining faqat bir qismida — uchi yoki tovoniga ortiqcha bosim berib, keyinchalik og‘riqlar bilan o‘zini qiynab qo‘yadi.

Umuman olganda oyoq va qo‘llarimizni ishlatishimiz bizning jismoniy holatimiz va qanday tezlikda yugurishimiz bilan bog‘liq. Shuning uchun ham aniq bir ko‘rsatmaga to‘xtalib o‘tmadim (buni yozma ravishda tushuntirish qiyin bo‘ldi).

Yugurishda burun bilan nafas oling!

Burun orqali havoni yutib, og‘iz bo‘shlig‘i orqali chiqarishingizni tavsiya qilgan bo‘lardim. Agarda nafas yetishmay qiynalsangiz, burun hamda og‘iz bilan birgalikda bajarsangiz ham bo‘laveradi.

Burundan nafas olish har xil chang va mikroblarning ichkariga kirishiga to‘sqinlik qiladi. Shu bilan birga, burun orqali nafas olish bilan siz organizmingizni to‘g‘ri nafas olish, ya’ni ko‘krak bilan nafas olishga moslashtirib olasiz. Bu esa sog‘ligingizga koni foyda, kasalliklaringizga shifo bo‘lishi mumkin (ko‘pchilik odamlar noto‘g‘ri nafas olishini o‘zi bilmaydi).

Sovuq havoda nafas olish yo‘llarini maxsus sharflar, maskalar bilan yopib yugurish nafas olish a’zolari shamollashining oldini oladi.

Kimlarga yugurish mumkin emas

Yugurish umurtqa va bo‘g‘inlardagi muammolar, yurak qon-tomir kasalliklari va qon bosimi bor odamlarga mumkin emas.

Umuman sog‘ligida muammosi bor har qanday odamga yugurish shifo bo‘lsa-da, bu ishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashib, ruxsat olib keyin boshlashni tavsiya qilaman.

Yugurishda motivasiya beradigan narsalar:

— Musiqa eshiting. Avvalo aniq mo‘ljalingizga mos musiqalarni tanlab oling. Misol uchun siz 2 km masofani 8 daqiqada sekin bosib o‘tasiz, shunga 2 ta 4 daqiqalik sekin musiqani sozlab oling. Undan keyin 4 daqiqa tez yugurishingiz uchun 4 daqiqalik tezkorlikda yugurish uchun turtki va ishtiyoq beradigan audiofaylni tanlab olasiz. Shu bilan siz ham ishtiyoq ham yugurish vaqtingizni hisobini olib bora olasiz.

— Yugurganda yoningizda albatta kuch berib, qo‘llab-quvvatlab turadigan sheriklaringiz bo‘lsin.

— Har bir yugurganingizdan foto va video hisobotlarni ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlaringizga ulashib borishga so‘z bering va buni kanda qilmasdan bajarib boring.

— Yugurishning hisob-kitobini oboradigan ANDROID va iOS ilovalarini o‘rnatib, ishlatishni odat qilib oling, har qanday ish hisob-kitobli bo‘lsa, samaradorligi ortadi.

Yugurishdan keyin sport!

Yana qo‘shimcha mashqlar borki, ular yugurib badanni qizdirgandan keyin bajarilsa, tanamizga foydasi ancha ortadi. Bular qoringa press olish, qo‘llarga tayanib ko‘tarilib-tushish (otjimaniYE), turnik, bokschilarning qopini urish va tosh ko‘tarish kabilar bo‘lishi mumkin. Shularni yugurib bo‘lgandan keyin bajarib olishni tavsiya qilaman.

Xulosa

Yuqoridagi maslahatlar asosan sog‘lig‘ini tiklab oluvchilar yoki kasalliklarning oldini olish maqsadida yuguradiganlar uchun moslab keltirildi.

Professional sportchilarning yugurishida esa yanada boshqacharoq qoidalar bor.

Yugurishga vaqt yo‘q demang! Bu yolg‘on!

Uyqudan tejab yuguring, uyqungiz barakali va to‘yimli bo‘ladi.

Ishdan tejab 1 soat vaqtni yugurishga ajrating, bu bir soat ishingiz samaradorligini kamida ikki soat qilib qaytaradi.

Xullas bahona yo‘q, har qanaqasiga siz yugurgandan faqat yutasiz, shuni unutmang!

Manba: usmonov.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.