Putinning "qilig‘i" arablarni hayratga soldi

Putinning "qilig‘i" arablarni hayratga soldi

Falastinga safari davomida Vifleemda qilgan harakati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin mahalliy aholini hayratga soldi. Bu haqda Islam-today xabar berdi.

Rossiya yetakchisi va Falastin rahbari qizil yo‘lakcha orqali faxriy qorovul yonidan o‘tib borayotgandi. Shu payt askarlardan birining furajkasi (bosh kiyimi) tushib ketdi.

Shu yerdan o‘tayotgan Putin to‘xtagan holda furajkani qo‘liga oldi va uni askarning boshiga qayta kiydirib qo‘ydi. Ketish oldidan Rossiya prezidenti askarga bosh barmog‘ini ko‘rsatgan holda uni xijolatchilikdan qutqardi.

Rossiya prezidentining ushbu harakati Flastin prezidentining shaxsiy fotografi Muhammad Atik tomonidan e’lon qilindi. Mazkur syujet ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketdi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!