Putinning "jangovar" nutqi: g‘arb OAV bu haqda nima demoqda?

Putinning "jangovar" nutqi: g‘arb OAV bu haqda nima demoqda?

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisidagi nutqi G‘arb ommaviy axborot vositalarida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Izvestiya” portali xabar bermoqda.

Italiyaning “Corriere Della Sera” gazetasi Yevropa Ittifoqini o‘z fuqarolari manfaatlariga zid qarorlar qabul qiladigan “Amerika mustamlakasi” bilan qiyoslash, shuningdek, Putinning “G‘arb bo‘yinturug‘i”dan xalos bo‘lishga da’vatiga e’tibor qaratdi. Bundan tashqari, gazeta Rossiya rahbarining Rossiyaga qarshi sanksiyalar samarasizligi va oziq-ovqat inqirozining haqiqiy sabablari haqidagi bayonotini qayd etgan.

Ispaniyaning La Nacion nashri uning nutqini "jangovar" va "bo‘ysunmas" deb ta’riflagan.

Wall Street Journal gazetasining ta’kidlashicha, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban kabi ba’zi yevropalik siyosatchilar Putinning Rossiyaga qarshi sanksiyalarning G‘arb davlatlari uchun qayg‘uli oqibatlari haqidagi so‘zlariga qo‘shiladi.

Portugaliyaning Publico portali esa G‘arb jurnalistlari Rossiya davlati rahbarining ko‘p qutbli dunyoni “kuchli va suveren” davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi bayonotini yuqori baholaganini ta’kidladi.

17 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi. U Rossiya Federasiyasiga nisbatan joriy etilgan cheklovlarga izoh berdi, iqtisodiyot va tashqi siyosatni rivojlantirish istiqbollari haqida gapirdi, shuningdek, yangi geosiyosiy voqeliklar mavzusiga to‘xtaldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!