Putinning dron hujumlariga javob qaytarish imkoniyatlari cheklangan — ISW

Putinning dron hujumlariga javob qaytarish imkoniyatlari cheklangan — ISW

Rossiya Prezidentining Ukrainaga qarshi avvalgi raketa zarbalariga urg‘u berishi, Rossiya go‘yoki faol ravishda javob qaytarayotganini va "Ukrainaning keyingi provokasiyalariga" javob qaytarishga hojat yo‘qligini ko‘rsatishga urinishdir, deydi Urushni o‘rganish instituti ekspertlari. Ularning fikricha, rus qo‘shinlarining jang maydonida sezilarli muvaffaqiyatlarga erisha olmayotgani tufayli Ukrainaga ommaviy havo hujumlari amalga oshirilmoqda.

Bir kun oldin Vladimir Putin Moskvaga amalga oshirilgan dron zarbalari Rossiyaning havo hujumlariga, xususan, Rossiyaning Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi shtab-kvartirasiga "ikki-uch kun oldin" bergan zarbalariga "Kiyevning javobi" ekanligini aytdi. Shu bilan birga, Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi bu haqda ma’lum qilmagan edi, deya ta’kidlaydi tahlilchilar. ISW'ning qayd etishicha, Putinning so‘zlariga hech qanday tasdiq yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!