Putin Rossiyada migrantlar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan yoki Rossiya qonunchiligini buzgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun yangi migrasiya rejimini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat normativ-huquqiy hujjatlar veb-saytida e’lon qilingan.
Bu rejim mamlakatda noqonuniy bo‘lgan xorijliklarning huquq va erkinliklarini cheklashni, shuningdek, migrasiya sohasida federal hukumat nazoratini kuchaytirishni nazarda tutadi. Yangi qonun Rossiyada qonuniy asoslarsiz bo‘lgan xorijliklarga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlar majmui sifatida belgilab qo‘yilgan «quvib chiqarishning huquqiy rejimi» konsepsiyasiga asoslanadi.
Yangi qonun mamlakatda noqonuniy bo‘lgan xorijliklar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan migrasiya rejimini o‘rnatadi. Unda Rossiyada qonuniy asoslarsiz qolgan xorijliklarning huquq va erkinliklarini cheklash, shuningdek, migrasiya sohasida federal davlat nazoratini kuchaytirish nazarda tutilgan.
Qonun shuningdek, Rossiyada vizasiz vaqtincha bo‘lish muddatini yil davomida 90 kungacha qisqartiradi. Ilgari vizasiz rejimda kelgan xorijliklar har 180 kunlik muddat ichida mamlakatda jami 90 kun qolishlari mumkin edi.
Bungacha Ichki ishlar vazirligi joriy yilning yanvar-iyul oylarida Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatiga 404 ming nafar chet el fuqarosi kirib kelgani haqida xabar bergan edi, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 27 foizga ko‘pdir.