Putin deport qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Putin Polisiyaga chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Rossiyadan deport qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatini beradigan qonunni imzoladi
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Rossiya hududidan chiqarib yuborish ma’muriy jazo chorasi sifatida sudya tomonidan belgilanardi va tayinlanardi, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs Rossiyaga kirishda ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda esa - chegara xizmati mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilardi. Endi yangi qonun ichki ishlar organlariga ham shunday vakolatlarni bermoqda.
Hujjat aprel oyi oxirida Davlat dumasiga kiritilgandi. Tashabbusni Dumadagi barcha fraksiyalar vakillari qo‘llagan.
Bugun ushbu qonunni prezident imzoladi. Endi xujjatsiz yurgan yoki boshqa qonunbuzarlik sodir qilgan migrantning ishi sudga oshirilmaydi va polisiyaning qarori bilan deport qilinishi mumkin.