Putin bilan kelishib bo‘lmaydi — Yuliya Navalnaya

Putin bilan kelishib bo‘lmaydi, dedi Yuliya Navalnaya.
Navalnayaning bu fikrni Myunxen xavfsizlik konferensiyadagi nutqida aytib o‘tdi.
"Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan har qanday kelishuv buziladi, yoki u shunchaki kelishuvni tark etadi. Agar siz Putin bilan muzokara olib borishga harakat qilsangiz, shunchaki eslab qoling, u yolg‘on gapiradi, aldaydi, oxirgi daqiqalarda qoidalarni o‘zgartiradi va o‘z o‘yinini o‘ynatishga majbur qiladi", – deya qo‘shimcha qildi Navalnaya G‘arb siyosatchilariga murojaat qilib.
Navalnayaning so‘zlariga ko‘ra, Putin "tez orada yo‘qoladi" va shunda Rossiyada "demokratik o‘zgarishlar uchun qisqa imkoniyat oynasi" ochiladi.
"Bu vaqtga kelib aniq harakatlar rejasi tayyor bo‘lishi kerak. Ushbu reja "hozirda yashirin tarzda, mamlakat ichida ichki muhojirlikda bo‘lgan shuningdek, chet elga chiqib ketgan, ammo imkon paydo bo‘lishi bilan ortga qaytishni orzu qilayotgan millionlab rossiyaliklarga" qaratilgan bo‘lishi lozim", — deya ko‘shimcha qildi Navalnaya