Pushkin ziddiyatli shaxs bo‘lganmi?

A A A
Pushkin ziddiyatli shaxs bo‘lganmi?

Pushkin zamondoshlari va uni yaqindan tanigan kishilar uni buyuk iste’dod sohibi bo‘lganligi bilan bir qatorda, o‘ta qiziqqon va ziddiyatli inson sifatida ta’riflagan. Pushkin va fransuz zobiti Dantes o‘rtasida bo‘lib o‘tgan duel Pushkin uchun ayanchli yakunlanganini barcha biladi. Biroq shoir Dantes bilan bo‘lib o‘tgan duelga qadar boshqalar bilan ham duelga chiqqanmi? E’tiboringizga Aleksandr Pushkin qatnashgan duellar ro‘yxatini va uning duelgacha yetib bormagan ziddiyatlarini taqdim etamiz.

1. 1816 yilda 17 yoshli Aleksandr o‘zining tog‘asi, 1812 yilgi Napoleon qo‘shiniga qarshi urush qatnashchisi, Pavel Isaakovich Gannibalni duelga chaqirdi. Pavel Isaakovich Aleksandr yoqtirib qolgan ayolni o‘ziga og‘dirib olgani sababli qiziqqon shoir ko‘pchilikning oldida tog‘asini duelga chaqirdi. Biroq harbiy xizmatchi bo‘lgan Pavel Isaakovich Pushkinga rad javobini berdi.

2. 1817 yil Pushkinning hazilona yozgan she’ridan uning do‘stlari Kaverin va Pashkovning jahli chiqdi va ular shoirni duelga chaqirdi. Pushkin dastlab duelga qarshilik bildirmadi, keyin knyaz Vasilchikov do‘stlarni yarashtirib qo‘yishga erishdi. Pushkin do‘stlaridan uzr so‘radi.

3. 1819 yil “Dekabrist” shoir Rileev Pushkin to‘g‘risida mish-mish tarqatib yurganidan xabar topgan Aleksandr Kondratiy Rileevni duelga chaqirdi. Duel bo‘lib o‘tdi. Pushkin ham Rileev ham tepaga otishdi. Dueldan so‘ng ikkalasi yarashib oldi.

4. 1819 yil. Pushkinni do‘sti Vilgelm Kyuxelbeker duelga chaqirdi. Sabab - Pushkin Kyuxelbeker to‘g‘risida yozgan misralar edi. Duel bo‘lib o‘tdi. Dastlab Vilgelm Pushkinga qarata o‘q uzdi, lekin nishonga tekkiza olmadi. Navbat Aleksandrga kelganda u otishdan bosh tortdi.

5. 1819 yil Pushkin vazirlik amaldori Modest Korfni duelga chaqirdi. Chunki Pushkinning xizmatkori Korfning oqsochiga tegajoqlik qilgan. Korf esa uni do‘pposlagan va Aleksandr bilan duelga chiqishni rad etgan.

6. 1819 yil Pushkin mayor Denisevichni duelga chaqirdi. Pushkin teatrda o‘zini axloqsiz tutgani uchun mayor unga tanbeh bergan. Duel Denisevichning uzridan so‘ng to‘xtatildi.

7. 1820 yil Pushkin Fyodr Orlov va Aleksey Alekseevni duelga chaqirdi. Chunki Aleksandr mast bo‘lib ularga bilyard o‘ynashga xalaqit qilgani uchun ikkalasi Pushkinga tanbeh berishgan. Biroq duel bo‘lmadi. Uchala tomon yarashib oldi.

8. 1822 yil Pushkin fransuz ofiseri Degilini duelga chaqirdi. Ammo buning sababi hozirgacha noaniqligicha qolmoqda. Pushkinning merganligini bilgan Degili qurol sifatida qilichni tanladi. Biroq qilich bilan ham jang qilishdan qo‘rqib ketgan Degili duelga kelmadi.

9. 1822 yil Pushkinni podpolkovnik Semen Starov duelga chaqirdi. Ular restoranda qo‘shiqchidan o‘zlari xohlagan qo‘shiqni aytishni talab qilib tortishib qolgandi. Qo‘shiqchi Pushkin so‘ragan qo‘shiqni aytgan. Duel bo‘lib o‘tdi. Ikkalasi ham tepaga otishdi.

10. 1822 yil Pushkin 65 yoshli amaldor Ivan Lanov bilan tortishib qoldi. Aleksandr keksa amaldorni duelga chaqirdi. Ammo duel bo‘lmadi, qiziqqon Pushkin hibsga olindi.

11. 1822 yil Pushkin moldaviyalik Todor Balshni duelga chaqirdi. Chunki Balshning ayoli Pushkinga hurmatsizlik qilgandi. Duel o‘tkazildi, ikkalasi ham tepaga otdi.

12. 1822 yil Pushkin katta yer egasi Skartl Prunkuloni duelga chaqirdi. Pushkin ham Skartl ham boshqa bir duelda sekundat edi va o‘sha yerda tortishib qolishdi. Duel bo‘lmadi, tomonlar yarashib oldi.

13. 1822 yil Pushkin tushlik vaqtidagi tortishib qolib, Severin Potoskiyni duelga chaqirdi. Potoskiy Pushkinning haq ekanligini tan oldi va uzr so‘radi. Duel bo‘lmadi.

14. 1822 yil Pushkinni zobit shtabs-kapitan Rutkovskiy duelga chaqirdi. Pushkin uning deyarli besh kilo chiqadigan o‘lkan do‘l to‘g‘risida so‘zlab bergan gaplariga ishonmadi va uning ustidan kuldi. Duel bo‘lmadi, Pushkin yana hibsga olindi.

15. 1822 yil Pushkinni kishinyovlik puldor Inglezi duelga chaqirdi. Inglezi rafiqasi bilan Pushkinning o‘rtasida ishqiy munosabatlar bor, deb shubhalangan. Duel bo‘lmadi. Pushkinning ishqiy sarguzashtlaridan xabar topgan do‘stlari shoirni vaqtincha hibsda ushlab turishdi. Er-xotin Inglezilarni bo‘lsa yarashtirib, chet elga sayyohatga jo‘natib yuborishdi.

16. 1823 yil Pushkinni shtab zobiti, general Aleksandr Zubov duelga chaqirdi. Pushkin Zubovni pokker (qimor) o‘yini vaqtida g‘irromlikda aybladi. Duel bo‘lib o‘tdi. Zubov otgan o‘q shoirga tegmadi. Pushkin otishdan bosh tortdi.

17. 1823 yil Pushkin yosh yozuvchi Ivan Russoni duelga chaqirdi. Chunki Pushkin uni yoqtirmasdi. Duel bo‘lmadi va tomonlar kelishib olishdi.

18. 1826 yil Pushkin Nikolay Turgenevni duelga chaqirdi. Sababi Turgenev shoirning she’rlarini tanqid qilardi. Tomonlar kelishuvga erishdi.

19. 1828 yil Pushkin ta’lim vaziri Aleksandr Golisinni duelga chaqirdi. Pushkin vazirga qarshi epigramma yozgandi. Shu sababli Golisin tomonidan unga qarshi mahkamada jiddiy so‘roq o‘tkazildi. Duel bo‘lmadi, tomonlar kelishuvga erishdi.

20. 1828 yil Pushkin ziyofatdagi noma’lum xonim sabab Fransiya elchixonasi kotibi Lagrenni duelga chaqirdi. Duel bo‘lmadi, tomonlar kelishuvga erishdi.

21. Pushkin Tashqi ishlar vaziri Xvostovni duelga chaqirdi. Chunki Xvostov Pushkin u haqida noma’qul so‘zlar yozganidan jahli chiqqan va shoirning nafsoniyatiga tegadigan so‘zlar aytgan. Xvostovga ayniqsa, uni “cho‘chqa”, deb atagani yoqmagan. 72 yoshli Xvostov va 30 yoshli Pushkin o‘rtasida duel bo‘lmadi, do‘stlari ularni yarashtirib qo‘yishdi.

22. 1836 yil Pushkin knyaz Nikolay Repindi duelga chaqirdi. Ular orasiga g‘iybatchilar sovuqchilik solgandi. Duel bo‘lmadi, tomonlar do‘stona kelishib oldilar.

23. 1836 yil Pushkin Vladimir Sologubani duelga chaqirdi. Sababi Sologuba Pushkinning rafiqasi Natalya Goncharovani ziyofat vaqtida haqorat qilgan. Vladimir Sologuba Goncharova xonimdan uzr so‘radi, tomonlar kelishib oldi.

24. Niderlandlar elchisi Gekkern Pushkinni duelga chaqirdi. Pushkinning rafiqasi Natalya Goncharova bilan Jorj Dantes o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar to‘g‘risida Aleksandrga anonim xatlar kela boshladi. Tabiatan qiziqqon bo‘lgan shoir bunday xatlar ta’sirida bir necha bor Dantes bilan ziddiyatga bordi. Oxir oqibat Pushkin, Dantsening tutingan otasi Gekkernga xaqoratli xat yozdi. Biroq duelga uning o‘g‘li Jorj Dantes chiqdi. Duel bo‘lib o‘tdi. Pushkin jiddiy jarohat oldi. Dantes o‘ng qo‘lidan yaralandi. Olgan jarohat oqibatida Aleksandr Sergeevich Pushkin vafot etdi.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Xabi Alonsoga "Real"ning yulduz vingeri kerak emas

Хаби Алонсо Родригога "Реал"нинг асосий таркибидан жой тополмаяпти.

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ikkita shartni ilgari surmoqda — Bild

Айни дамда Оқ уй Трампнинг Путин билан суҳбати натижа бериб, рус етакчиси ўз шартларини юмшатишига умид билдирмоқда.

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

"Rossiyadan qo‘rqganimda, mudofaa vaziri bo‘lmasdim"

Россиядан қўрқганимда, мудофаа вазири бўлмасдим — Эстония мудофаа вазири Ханно Певкур лавозимни қандай эгаллаганини айтиб берди.

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Дастлабки маълумотларга кўра 7 нафар фуқаро шифохонага мурожаат қилган. Тиббий кўрикдан ўтказилиб, аҳволлари яхши бўлганлиги боис уйига рухсат берилган.

Rossiya Qrimdan harbiy texnikani olib chiqib ketmoqda

Россия Севастополдаги ҳарбий базадан ҳарбий техникани оммавий равишда олиб чиқиб кетмоқда, чунки у фронтда тақчил, деб хабар берди "АТЕШ".

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Isroil yana nazoratdan chiqib ketdi

Туркия Ташқи ишлар вазирлиги Фаластиннинг Женин шаҳрига ташрифи чоғида бир гуруҳ дипломатларнинг Исроил томонидан ўққа тутилишини кескин қоралади.

Shimoliy Koreyada harbiy kemani ishga tushirish vaqtida baxtsiz hodisa yuz berdi, bu mamlakat prezidentiga yoqmadi

Бу ҳақда Корея марказий ахборот агентлиги (KCNA) хабар бермоқда.

Rossiyada o‘zbeklar va shimoliy koreyaliklar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Россиянинг Приморск ўлкаси, Арсенев шаҳридаги қурилиш майдонида ўзбекистонлик ва шимолий кореялик ишчилар ўртасида можаро келиб чиқди.

Tramp Mersdan yuz o‘girdi: AQSh endi Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmaydi

Бироқ, энди Вашингтон томонидан қўллаб-қувватланмайдиган кўринади - Мерц ва бошқа Европа лидерлари, жумладан Эммануел Макрон ва Доналд Туск иттифоқчисиз қолишди.

Netanyaxu: "Isroil G‘azodagi urushni to‘xtatishga tayyor, agar..."

Бу ҳақда Исроил бош вазири Беньямин Нетаньяху матбуот анжуманида маълум қилди.

Taktik yadro quroli: Rossiya MiG va Su samolyotlariga yangi raketa o‘rnatmoqda

Россия тактик ядро зарядли янги бошқариладиган авиация ракетасини жорий этмоқда

Bosib olingan G‘arbiy Sohilda bir nechta ko‘chmanchilar hujumlari haqida xabar berildi

Босиб олинган Ғарбий Соҳил ва босиб олинган Шарқий Қуддусда кеча ва бугун кўчманчилар ҳужумлари авж олди:

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Dunyo bo‘ylab o‘g‘irlangan iPhone'lar aynan bir joyda to‘planadi

Financial Times таҳририяти дунё бўйлаб iPhone'лар ўғирланишига оид йирик журналистик суриштирувни эълон қилди.

Firibgar kelinning siri fosh bo‘ldi

Фирибгар келиннинг сири фош бўлди

Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon qanotli raketalarini uchirdi

Ҳозирда снарядлар денгизга тушгани тахмин қилинмоқда.

O‘zbekistonda ekologik va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.

Qamchiqda Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Автомобилда ҳайдовчи ва 3 нафар йўловчи бўлган.

​​​​​​​AQShda Isroil elchixonasining ikki xodimi o‘ldirildi

Гумонланувчи қўлга олинган.

Tojikistonda 2 yoshli bola bog‘chada karavotga osilib qolib, vafot etdi

Маълумотларга кўра, лоқайдликка йўл қўйган 29 ёшли ходимга нисбатан жиноят иши қўзғатилган

Yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan shaxsning qarindoshiga 100 mln. so‘m zarar undirildi

Жумладан, қарздорга ижро ҳужжати мазмуни тушунтирилиб, унинг талабини бажармаслик оқибатлари ҳақида огоҳлантириш берилган.

Marko Rubio: "Biz G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berish hajmi oshishini kutyapmiz"

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Исроил томони билан Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажмини ошириш бўйича музокаралар олиб бораётганини таъкидлади.

Pokistonda terrorchi maktab avtobusini portlatib yubordi

Ҳозирча ҳеч бир террорчи гуруҳ ҳужум учун жавобгарликни ўз зиммасига олмаган.

Bayden haqida dahshatli da’vo: “Umri 1,5 yildan ko‘p qolmagan”

Саратоннинг тезкор шакли ташхиси қўйилган Байденнинг умри 12 ойдан 18 ойгача қолган бўлиши мумкин.

Qizlar armiyada xizmat qilmagan yigitlarga turmushga chiqmasligi kerak

Қирғизистонлик депутат Надира Нарматова парламент йиғилишида шундай фикр билдирди.

Surxondaryoda fuqarolar qovundan zaharlanayotgani rostmi?

Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.

Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning chirigan ichagi kesib tashlandi

Бу ҳақда “Миллар” дастурида маълум қилинди.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

AQSh Eron yadroviy inshootlariga yaqin orada zarba berishini e’lon qildi

Бу ҳақда вазиятдан хабардор америкалик расмийларга таяниб CНН хабар бермоқда .

Isroil G‘azoda o‘zini-o‘zi mudofaa amaliyotini kengaytirdi

Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.