“Pul haqida qayg‘urmang”: Prezident COVID-19 ga qarshi kurashish uchun davlat mulkini sotishga tayyor

“Pul haqida qayg‘urmang”: Prezident COVID-19 ga qarshi kurashish uchun davlat mulkini sotishga tayyor

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte COVID-19 pandemiyasi bilan kurashda mamlakatni “muzlatib” qo‘ymaslik uchun oxirgi chora sifatida hukumat mulkini sotishini aytdi.

«Bu o‘yinning oxiri nima bilan tugaydi? Agar pulimiz tugab qolsa, men hukumatning mulklarini – Filippin Madaniyat markazi, Filippin xalqaro konferensiya markazi va undagi yerlarni sotaman. Agar men boshqa hech narsa topolmasam va biz cho‘kib ketish arafasida qolsak, men odamlarga yordam berish uchun hukumatning barcha aktivlarini sotaman. Men bu pullarni sizga beraman. Pul haqida qayg‘urmang” dedi Duterte televizion murojaatda.

Moliya vaziri Karlos Dominges COVID-19 mamlakat iqtisodiyotiga juda og‘ir zarba berganini va 1,2 million kishi karantin sababli vaqtincha ishsiz qolganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, 2020 yilda nol yoki manfiy iqtisodiy o‘sish prognoz qilinmoqda. Byudjet kamomadi 3,2 foizdan 5,3 foizgacha oshishi mumkin, chunki hukumat kirimdan ko‘proq xarajat qilmoqda.

«Ammo biz bu vaqt ichida odamlarni qutqarish va ovqat bilan ta’minlash uchun ko‘proq pul sarflamoqdamiz. Shuning uchun biz Filippin iqtisodiyoti uchun doimiy ravishda ko‘proq qarz olish dasturini ishlab chiqmoqdamiz» dedi Dominges.

9 aprel xolatiga ko‘ra, Filippinda koronavirusga chalinganlar soni 4,076 nafarga yetdi va qurbonlar soni 203 kishini tashkil qilmoqda. 124 nafar bemor tuzalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!