"PSJ" gruziyalik futbolchini sotib olish uchun 180 million yevro sarflamoqchi

"PSJ" gruziyalik futbolchini sotib olish uchun 180 million yevro sarflamoqchi

"Napoli" hujumchisi Xvicha Kvarasxeliya "PSJ"ning jiddiy qiziqishiga sababchi bo‘lmoqda, deya xabar beradi Calciomercato.

Manbaga ko‘ra, parijliklar 22 yoshli gruziyalik futbolchi uchun 180 million yevro taklif qilishga tayyor. "Napoli" hozircha Kvarasxeliyani sotishga shoshilmayapti.

Xvichaning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan. U joriy mavsumda 30 ta o‘yinda 14 ta gol urib, 16 ta golli uzatma berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!