Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga tabriknomalar yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga tabriknomalar yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabriknomalar yo‘lladi.

Ularda, jumladan, O‘zbekiston Pokiston bilan strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan do‘stlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasini g‘oyat qadrlashi va bu boradagi ulkan salohiyatni yanada ro‘yobga chiqarishdan manfaatdorligi qayd etilgan.

Davlatimiz rahbari do‘st Pokiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq va farovonlik tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!