Prezidentga uyushtirilgan suiqasdga qancha sarflangani ma’lum bo‘ldi

Prezidentga uyushtirilgan suiqasdga qancha sarflangani ma’lum bo‘ldi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘tgan yili unga nisbatan suiqasd uyushtirish uchun 20 million dollar sarflanganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“4 avgust kuni sodir etilgan menga nisbatan uyushtirilgan suiqasd loyihasi bir necha million teng bo‘lgan, aytishlaricha, 20 million dollarga baholangan”, - dedi u harbiylar oldida so‘zlagan nutqida.

Prezident razvedka va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga davlat rahbarini himoya qilishda ko‘rsatgan jasorat va qahramonliklari uchun minnatdorchilik bildirgan.

2018 yil 4 avgust kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyushtirilgan edi. Karakasdagi harbiy paradda prezident turgan tribunaga bir nechta uchuvchisiz uchish qurilmalari portlovchi moddalar bilan harakatlangan. Maduro qo‘riqchilari uni himoya qilishganliklari sababli jarohatlanmagan. Biroq 7 nafar askar suiqasd oqibatida jarohat olgan Mazkur suiqasd uchun javobgarlikni “Flanel askarlar” yashirin muxolifatchi guruh a’zolari o‘z zimmalariga olishgan. Maduroning o‘zi  Kolumbiya sobiq prezidenti Xuan Manuel Santosni suiqasd uyushtirganlikda ayblagan edi. Keyinchalik AQSh prezidenti Tramp uni o‘ldirish haqida buyruq berganini ta’kidladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!