Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Qayd etilishicha, 2023-yilda parrandachilik tarmog‘ida 253 ta loyiha amalga oshirilib, bunday xo‘jaliklar soni 1 ming 300 taga yetgan, 4 mingta yangi ish o‘rni ochilgan. Kelgusidagi istiqbolli loyihalar uchun xalqaro tashkilot va banklardan 420 million dollar jalb qilinmoqda.

Parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasi hamda bu yilgi rejalari yuzasidan axborot berildi.

Jumladan, bu yil parranda go‘shti hajmi 700 ming tonnadan 800 ming tonnaga, tuxum yetishtirish 8,5 milliard donadan 10 milliard donaga yetkazilishi aytildi.

Bu tarmoqdagi eng muhim masala – nasl. Yurtimizda go‘sht yo‘nalishidagi parrandaning 1-tartibli genetikasi yo‘q, 2-tartibli genetika esa Vengriyadan olib kelinayapti.

Jahon bozorida parranda genetikasining 80 foizi AQSh kompaniyasiga to‘g‘ri keladi. Shu bois ular bilan hamkorlikda parrandachilikda genetik texnologiyalarni joriy qilish va naslchilik xo‘jaliklari tashkil etish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!