Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investisiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investisiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident raisligida to‘qimachilik sohasida eksport va investisiya hajmlarini oshirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

O‘tgan yili to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish 94 trillion so‘mga yetib, so‘nggi 7 yilda 4,2 baravar oshgani, 2023 yilda tarmoqdagi eksport 3,1 milliard dollar bo‘lgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, oxirgi ikki yilda
jahon bozorida to‘qimachilik mahsulotiga bo‘lgan talab kamaygani qayd etildi. Bundan tashqari, asosiy eksport bozorlarimizda valyuta kursi bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi.

Shuni hisobiga o‘tgan yilda to‘qimachilik sohasi eksporti kutilgan ko‘rsatkichdan 200 million dollar kam bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!