Prezident qarori: Chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlar takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini isloh qilish doirasida hududlarni sanitar tozalash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, maishiy chiqindilarni to‘plash va hududlardan olib chiqishning samarali mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.
Aholiga sanitar tozalash xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lami ortmoqda, shu jumladan, hududlarda 174 ta tuman (shahar) filiallaridan iborat 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonalari tashkil etildi, ushbu sohaga elektron tanlovlar asosida hududlarni biriktirishning shaffof mexanizmlari orqali tadbirkorlik sub’ektlari faol jalb qilinmoqda.
Chiqindilar bilan bog‘liq infratuzilma takomillashtirilmoqda, tasdiqlangan dasturlar doirasida yangi chiqindi to‘plash shoxobchalari qurilmoqda va konteynerlar bilan jihozlanmoqda, chiqindilarni to‘plash va olib chiqish ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning transport saroylari yangilanmoqda.
Shu bilan birga hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish ishlarida ayrim muammolarning mavjudligi chiqindilar bilan bog‘liq samarali tizimni shakllantirishga hamda sohani yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda, jumladan:
birinchidan, to‘lov intizomi darajasining pastligi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda – xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar) moliyaviy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, asosiy fondlarni yangilash va xizmatlar sifatini oshirishga investisiya kiritish imkoniyatlarini cheklamoqda, shuningdek, ushbu sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilishga to‘siq bo‘lmoqda;
ikkinchidan, iste’molchilarning va ular tomonidan to‘langan to‘lovlarning yagona hisobi amalda yuritilmayapti, bu esa ushbu sohada naqd pul mablag‘lari bankdan tashqari aylanishiga va ularni o‘zlashtirish holatlariga zamin yaratmoqda;
uchinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududlarni sanitar tozalash va ulardagi ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli moliyaviy va tashkiliy imkoniyatlarga ega emas;
to‘rtinchidan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik bitimlari doirasida hamkorlikning aniq ma’muriy va bozor mexanizmlari ishlab chiqilmagan.
Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq tizimni yanada rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlash, aholining sifatli sanitar tozalash xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda – Byuro) zimmasiga 2019 yil 1 yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifa yuklatilsin.
2. 2019 yil 1 yanvardan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
a) qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar aholi tomonidan to‘lov amalga oshirilgan o‘tgan oydan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechikmay yagona tranzit bank hisobvaraqlariga to‘lanadi va keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkaziladi;
b) xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan davlat-xususiy sheriklik bitimlari va shartnomalarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
v) qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lov iste’molchilar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarga muvofiq bevosita xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga 100 foiz oldindan to‘lash asosida amalga oshiriladi;
g) qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar to‘lash bo‘yicha jismoniy shaxslardan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi arizalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda – Davlat ekologiya qo‘mitasi) hududiy organlari tomonidan to‘lov olti oydan ortiq to‘lanmagan taqdirda sudlarga kiritiladi;
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag‘lar faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini markazlashgan tartibda to‘lashga, shuningdek, ushbu Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
3. Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlari huzurida yuridik shaxs tashkil qilmagan holda sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazlari (keyingi o‘rinlarda – sanitar tozalash markazlari) 1-ilovaga muvofiq namunaviy tuzilma asosida tashkil etilsin.
Bunda, har bir tuman (shahar)ga sanitar tozalash markazining bir nafardan mutaxassisi biriktirilib, ular tegishli tuman (shahar)da faoliyat yuritishi hamda tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish ishlariga, shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga mas’ul ekanligi belgilansin.
Quyidagilar sanitar tozalash markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik sub’ektlariga biriktirish maqsadida elektron tanlovlarni uyushtirishda buyurtmachining ishchi organi vazifasini amalga oshirish;
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchi jismoniy shaxslarning (shu jumladan, ular bilan birga yashaydigan shaxslarning) haqqoniy hisobi tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yuritilishini, shuningdek, ushbu axborot qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar hamda aholiga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish haqidagi shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun tariflarni belgilangan tartibda shakllantirishni tashkil etish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag‘lar hisobidan markazlashgan to‘lovlarni amalga oshirish orqali aholiga ko‘rsatilgan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda hududlarni sanitar tozalash va chiqindilar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
Byuro, tuman (shahar) hokimliklari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.
4. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag‘larning:
5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdori har yili tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi doirasida sanitar tozalash markazlari faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi;
5 foizi Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan smeta bo‘yicha Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi faoliyatini moliyalashtirishga, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq infratuzilmani rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
5. Davlat ekologiya qo‘mitasi 2019 yil 1 yanvarga qadar:
Byuroga tegishli vazifalar o‘tkazilishini inobatga olib, “Toza hudud” va “Maxsustrans” davlat unitar korxonalaridagi yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joylar uchastkalari nazoratchilari shtatlar sonining qisqartirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi ishlashini, shuningdek, tizimga sanitar tozalash markazlari va Byuroning ulanishini ta’minlasin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchi jismoniy shaxslarni xatlovdan o‘tkazsin, ularga shaxsiy hisobvaraqlar ochilishini, shuningdek, mavjud qarzdorlik to‘g‘risida axborot qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilishini ta’minlasin.
6. Belgilansinki, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida:
a) Byuro qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan majburiy to‘lovlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta’minlash, ushbu sohadagi qarzdorlikni kamaytirish uchun javobgardir;
b) xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga qat’iy muvofiq holda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va shartnomalardagi majburiyatlarga rioya etish uchun javobgardir;
v) Davlat ekologiya qo‘mitasi:
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini shakllantirish, mazkur tizimning boshqarilishini va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash;
chiqindilar bilan bog‘liq sohadagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda amalga oshirish uchun javobgardir;
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘zlarining maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jamlangan mablag‘larning ushbu Farmonning 2-bandi “d” kichik bandida va 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga o‘z vaqtida yo‘naltirilishini tashkil etish uchun javobgardir.
7. Byuro bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda aholi qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni to‘lashi uchun tushumlarning haqqoniy hisobini va monitoringini yuritish imkonini beradigan yagona tranzit bank hisobvaraqlari ochilishini ta’minlasin;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholi yagona tranzit bank hisobvaraqlari hamda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni aholi tomonidan to‘lash tartibi haqida xabardor qilinishini ta’minlasin.
8. Davlat ekologiya qo‘mitasi va Bosh prokuratura boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018 yil 20 dekabrga qadar Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarining yangi tahrirdagi loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda:
chiqindilar bilan bog‘liq sohadagi oxirgi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda iste’molchilar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi yangi huquqiy munosabatlar tartibi;
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchi jismoniy shaxslar hisobini yuritish, shuningdek, belgilangan tarifdan kelib chiqib to‘lanishi lozim bo‘lgan oylik majburiy to‘lovlar miqdorini belgilash mexanizmlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi namunaviy bitimni hamda aholiga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi namunaviy shartnomani tasdiqlash nazarda tutilsin.
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat ekologiya qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmuni va mohiyati, shu jumladan, maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligi, ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan javobgarlik choralari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Davlat ekologiya qo‘mitasi Adliya vazirligi, Byuro, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Z.SH.Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B.Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Manba: qalampir. com
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi
Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.
Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Dollar kursi yana keskin «quladi»
Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.
"Shu dam olish kunlari AQSh Eronni keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshlaydi" - manba
Қўшма Штатлар Эронни кенг кўламли бомбардимон қилишни бошлайди.
Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi
Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.
Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi
Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.
Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi
Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.
Markaziy bank: dollar ko‘tarila boshladi
АҚШ доллари 45,26 сўмга ошиб, 12 456,25 сўм этиб белгиланди.
Евро курси 223,82 сўмга ошди ва 14 461,71 сўм бўлди. Фунт-стерлинг 16 952,96 сўм (+342,09).
Россия рубли 158,36 сўм этиб белгиланди (-0,02).
Қозоғистон тенгеси 24,00 сўм бўлди (+0,28).
Xitoy Rossiyadan keyin Eron tomoniga o‘tdi
Илгари хитойликлар нейтрал позицияни сақлаган, аммо Пекиннинг мавқеи Си билан Владимир Путин ўртасидаги телефон суҳбатидан кейин ўзгарди.
Messi: "Krishtianu Ronalduga qoyil qolaman"
“Интер Майами” ҳужумчиси Лионель Месси Криштиану Роналду ҳақида гапирди.
Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi
IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган
Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda
Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.
Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi
Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан
Eron — Isroil urushi rostdan tugadimi? Putin javob berdi
Бу ҳақда у пайшанба куни Минскда бўлиб ўтган Евроосиё иқтисодий форумининг ялпи мажлисида сўзлаган.
O‘zbekiston U-17'ni Osiyo chempioni qilgan Islombek Ismoilov Superliga klubida ish boshladi
Бугун "Нефтчи" клуби тизимида янги тайинлов амалга оширилди.
Ispaniya Bosh vaziri Yevropaga: “Siz ikkiyuzlamachisiz. Isroilga hech narsa qilolmayapsiz”
Испания Бош вазири Педро Санчес Россияга нисбатан санкциялар бўйича Европа Иттифоқи сиёсатидаги қарама-қаршиликни танқид қилди.
AQSh Eronga fikridan voz kechishi uchun 30 mlrd dollar bermoqchi
Бу ҳақда CNN нашри хабар бермоқда.
Homanaiy Eron xalqini Isroil ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabrikladi
У, шунингдек, АҚШ ҳам таслим бўлганини таъкидлаган.
Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan 3 kishi osib o‘ldirildi
Бу ҳақда Reuters хабар берди.
Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi
Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.
Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda
Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.
Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi
Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.
Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi
Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.
Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi
Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.
Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi
АҚШлик олимлар кунига 1-2 финжон қора қаҳва ичиш ҳар қандай сабабдан ўлим хавфини 14 фоизга камайтиришини аниқлади.
Dneprga raketa hujumi: halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi
Бу ҳақда маҳаллий ҳокимиятлар хабар бермоқда.
Aftidan, kelishib olishdi. Ammo hali aniq emas
Исроил кейинги зарбалардан тийилишга ваъда берди.
Isroil tinchlik kelishuviga qaramasdan Eronga zarba berdi
Axios манбасига кўра, бугун Жо Байден Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхудан Эронга ҳужум қилмасликни сўраган. Аммо Нетаньяху фақат зарба масштабини қисқартиришга рози бўлган.
FOTOGALEREYA: Eronning bugungi hujumi Isroilni qay ahvolga soldi?
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi
Маълум қилинишича, бу каби хабарлар мутлақо асоссиз, ҳеч қандай ҳақиқатга тўғри келмайди.
Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday?
Эроннинг ядровий иншоотларига зарбалар унинг ядровий дастурини тўхтата олмайди, деди Франция мудофаа вазири Лекорну.
Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazasiga 1 ta raketa uchirgan
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi
Энди "ур ва қоч" даври тугади — агар бундай ҳужумлар яна такрорланса, АҚШнинг Ғарбий Осиёдаги мавжудлиги тезроқ емирилади, дейилади баёнотда.
Eron AQShning Qatar va Iroqdagi bazalariga raketa uchirdi
Шунингдек, Эрон Қўшма Штатларнинг Ироқдаги АҚШ кучларига ҳам ракета зарбалари берди, деб ёзмоқда Clash Report.
Furqat tumanida mahalla raisi hokimning haqorati ortidan vafot etdimi?
Йиғилишда маҳалла раислари зиммасига юклатилган вазифалар ижроси юзасидан топшириқлар берилган.