Poytaxtimizda “INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Poytaxtimizda “INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 22-24 aprel kunlari poytaxtimizdagi Milliy ko‘rgazmalar majmuasida yana bir yirik tadbir – “INNOPROM. Markaziy Osiyo" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Yangi g‘oya, tashabbus va yangi yechimlarga boy ko‘rgazma doirasida qator tadbirlar, turli biznes uchrashuvlari o‘tkaziladi. Ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasida xalqaro, federal va mintaqaviy darajadagi sanoat kooperasiyasining yangi yo‘nalishlari va vositalarining kengaytirilgan muhokamasi tashkillashtiriladi.

Biznes dasturini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari - Rossiya Federasiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ishtirokidagi “Markaziy Osiyoda xalqaro sanoat kooperasiyasi: sanoat va texnologiya yetakchilari bilan hamkorlik” mavzusidagi asosiy yalpi majlis ochib beradi.

Asosiy yalpi majlis ishtirokchilari savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, flagman loyihalar va o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladilar.

Dastur shuningdek, bir qator asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tematik muhokamalarni ham o‘z ichiga olishi kutilmoqda. Jumladan, “Yashil” transport, sanoat korxonalarini kompleks boshqarish sohasida raqamli yechimlar, Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi va mintaqaviy sheriklik doirasida hamkorlik, yoqilg‘i-energetika majmuasida “toza” energiya va innovasiyalar, standartlarni uyg‘unlashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat logistikasi, sanoat texnoparklarining xalqaro investisiya ekotizimini yaratish yo‘nalishlari bo‘yicha eng zamonaviy xalqaro tajribalar o‘rganilib, tahlil etiladi.

Sessiyalarda Markaziy Osiyo, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni singari o‘nlab davlatlardan ekspertlar va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!