Poytaxtdagi tungi klublarda reyd o‘tkazildi (video)

Poytaxtdagi tungi klublarda reyd o‘tkazildi (video)

Toshkent Davlat soliq boshqarmasi, shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari vakillarining iqtisodiy jinoyatlar hamda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida poytaxtimizning bir necha tungi klublarida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, dastlab Uchtepa tumanidagi 24-mavzesi hududida joylashgan tungi klub ko‘zdan kechirilganda, ba’zi yoshlarning alkogol mahsulotlarini iste’mol qilib, chilim chekib o‘tirganliklariga guvoh bo‘lishgan.

Afsuski ular orasida voyaga yetmaganlar ham bo‘lgan va ularga spirtli ichimliklar bamaylixotir sotilmoqda.

Tunda o‘z oilasi bag‘rida bo‘lish o‘rniga ayrim behayo kiyingan va shunga yarasha hatti-harakat qilayotgan o‘zbek ayollarini ko‘rib nima deyish mumkin?!

"Yoshlar" telekanali ijodiy guruhi Milliy gvardiya tomonidan himoyalanganiga qaramay, mast holdagi bir guruh bezorilar tasvirchilarga va kameraga shikast yetkazgan.

Shuningdek, Yunusobod tumani Ahmad Donish va Yangishahar ko‘chalari kesishmasida joylashgan tungi klubda ham shunday holat kuzatilgan.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!