Polsha Mudofaa vazirligi: bir oy ichida 6 ming kishi armiyaga qo‘shildi

Polsha milliy mudofaa vaziri Mariush Blashchak Polsha armiyasining kuchi bir oy ichida 6 ming kishiga oshganini aytdi.
Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.
“Bizda allaqachon 193 mingdan ortiq professional askarlar, hududiy mudofaa va ixtiyoriy asosiy harbiy xizmat bor”, — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Blashchak Polsha rasmiylarining maqsadi armiya sonini 300 ming kishiga yetkazish ekanligini qo‘shimcha qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)