Polsha bosh vaziri: NATO Ukrainani yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak

 Polsha bosh vaziri: NATO Ukrainani yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak

Polsha Bosh vaziri Mateush Moraveskiy, Polsha Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.

"Biz ittifoqchilarimiz bilan birgalikda, NATO Ukrainani yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi va o‘zini himoya qila olishi uchun hamma narsani qilamiz. Qisman safarbarlik haqidagi xabarlar tasdiqlandi. Rossiya Ukrainani yo‘q qilishga va Ukraina hududining bir qismini egallab olishga harakat qiladi. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz".

Ayni damda Moraveskiy Polsha, AQSh va Buyuk Britaniya ittifoqchi kuchlarining Polsha sharqidagi qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!