Pokiston Trans-Afg‘on temir yo‘li loyihasi ustida faol ishlamoqda

Pokiston Trans-Afg‘on temir yo‘li loyihasi ustida faol ishlamoqda

Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardoriy Toshkentda bo‘lib o‘tgan SHHT vazirlar kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Markaziy Osiyo mamlakatlarini Pokiston dengiz portlariga o‘ta muhim chiqish yo‘li bilan ta’minlaydi, SHHT mintaqasi bilan tabiiy yuk tashish aloqasini ta’minlaydi.

Transafg‘on temir yo‘l koridori “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” yo‘nalishidir. Loyihaning taxminiy qiymati qariyb 4,6 milliard dollarni tashkil etadi, amalga oshirishning kutilayotgan muddati 5 yil.

Bu yuk tashish vaqti va narxini 30-40 foizga qisqartiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!